"Vilyarreal" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
19 okt 2021 12:16
Yangiliklar
"Vilyarreal" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Vilyarreal" yarim himoyachi Yeremi Pino bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga yaqin.
Pinoning ispan klubi bilan tuzadigan yangi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi.
Tomonlar faqatgina tovon puli borasida kelisha olishmayapti: "Vilyarreal" yosh vingerning tovon pulini 35 mlndan 50 mln evroga qadar ko'tarmoqchi.
Pino "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi, u bosh jamoada 2020 yilning oktyabr oyida debyut qilgan. Vinger joriy mavsum "sariqlar" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
18 yoshli o'yinchi joriy mavsum Italiya va Franciyaga qarshi Millatlar Ligasida o'ynagan holda Ispaniya terma jamoasida debyut qilishga ulgurdi.
Fikrlar