"Vilyareal" prezidentining so'zlari "Real" rahbariyatiga yoqmadi
28 fev 2017 12:09
Yangiliklar
"Vilyareal" prezidentining so'zlari "Real" rahbariyatiga yoqmadi
"Real" rahbariyatiga "Vilyarreal" prezidenti Fernando Roiga ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvni boshqargan hakam Xesus Xil Mansano haqida aytgan so'zlari yoqmadi.
"Vilyarreal" o'z maydonida 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ronaldu penaltidan urgan "Real"ning ikkinchi goli katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Mansano to'p Bruno Soriano qo'liga tekkanini ko'rsatib, 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Futbolchi esa atayin qo'l bilan o'ynamaganini aytdi. Bundan tashqari, klub prezidenti hakam va uning yordamchilari "Real" sumkalari bilan maydonni tark etganini aytdi.
Ispaniya futbol federaciyasi hakamlik qo'mitasi raisining so'zlariga ko'ra, sumkada faqat "Real"ning ruchka, belgi va aksessuarlari bo'lgan.
Fikrlar