So’nggi yangiliklar

01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  6 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  6 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  13 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  338 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3

Viloyatlardagi BO'SMlar, bolalar futboli, murabbiylarning saviyasi va boshqalar hususida O'FA vakili Mamur Saidqosimov bilan suhbat Yangiliklar

Viloyatlardagi BO'SMlar, bolalar futboli, murabbiylarning saviyasi va boshqalar hususida O'FA vakili Mamur Saidqosimov bilan suhbat

O'tgan davr mobaynida O'FA bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolini rivojlantirish bo'limi vakillari viloyatlardagi vaziyat, BO'SMlar faoliyati, sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi, mavjud kamchiliklar aniqlandi, takliflar berildi.

Xo'sh xulosalar qanday bo'ldi, qanday ishlar qilinishi kerak? SHu va boshqa bir qator savollarga javob izlash maqsadida O'FA bolalar, o'smirlar, ommaviy futbolini rivojlantirish va musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimovni suhbatga chorladik.

- Dastlab ish jarayoni nimadan boshlandi, rahbariyat sizlarga qanday vazifalarni belgilab berdi. SHu haqda batafsil malumot berib o'tsangiz...

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni elon qilinganidan keyin O'FA rahbari Azizov Abdusalom Abdumavlonovich yig'ilish o'tkazdilar va yig'ilish davomida bolalar futboliga katta etibor berish kerakligini aytib o'tdilar. Qanday ishlar qilinmoqda, nimalar qilinishi lozimligi haqida hisobot berdik. SHuningdek, maktablar o'rtasida musobaqalar o'tkazish, sport maktablari o'rtasidagi, hususiy futbol maktablari o'rtasidagi, mahallalar o'rtasida turnirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish borasida katta hajmdagi ish olib bormoqdamiz. Bolalar futbolini rivojlantirmasdan turib, katta futbolda natijaga erisha olmaymiz. Mana o'tgan yili “CHarm to'p” musobaqasini tashkil qildik. Oldinlari mahallalarda bu kabi bellashuvlar ko'p bo'lardi. Mazkur turnirda ham selekciya ishlarini olib bordik. Uchga bo'lingan holda ishchi guruhimiz viloyatlarga yo'l olishdi. Viloyatdagi BO'SMlar, futbol maxorat maktablari, hususiy futbol sekciyalari faoliyati qanday olib borilmoqda, sharoitlar, mashg'ulotlar jarayoni, ko'zdan kechirildi. Safar davomida viloyat hokimlari bilan uchrashildi, kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi, takliflar berildi. Mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. SHaxsan o'zim Qoraqalpog'istondagi bolalar futboli bilan tanishdim. U erdagi Taxtako'pir, Amudaryo, Qorao'zan, SHumanay, Beruniy tumanlaridagi futbol maktablari bilan tanishib chiqdik. Xorazmdan Xiva, Pitnak va boshqa chekka qishloqlarini ham etiborsiz qoldirmadik.



- Maydonlar holati ishchi guruhni qoniqtirdimi? Suniy qoplamali maydonlarning zarari haqida ko'p gapirilgan. Tabiiy chimli maydonlarni ko'paytirishni chorasi yo'qmi?

- Qoraqalpog'iston va Xorazm iqlim sharoitiga suniy maydonlar mosroq. CHunki, u erda er juda sho'r va o't o'sishi qiyin. Bolalar ham majburlikdan qumli maydonlarda mashg'ulotlar olib borishmoqda. Yana bir narsa, futbol maktablaridagi murabbiylarning maoshlari oshirildi. Ular bilan gaplashganimizda o'rtacha 1mln 200 miqdorda maosh olishlarini aytishdi. Biz hozirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda yangi sport inventarlari bilan ham taminlamoqchimiz. To'plar, fishkalar, jiletkalar va hokazo. Viloyat moliya boshqarmalari bilan gaplashib, jamoalarning musobaqalarga borishlari uchun yo'l haqqilari va boshqa masalalarni yuzasidan suhbatlashdik. Hokimlar barchasini nazorat ostiga olishligini aytishdi. Jizzaxga borganimizda futzal bo'yicha ikkinchi liga musobaqasi bo'layotgan ekan. Qizig'i, turnirda hokimni o'zi o'yinchilar bilan birgalikda o'ynamoqda. Sirdaryon viloyati ham o'rganildi. Har bir hududdda bo'lib, mutassadilar bilan ko'rishganimizda hech kimdan etiroz bo'lmadi. Mana ko'rgan bo'lsangiz Qashqadaryo hokimi futbol bo'yicha katta yig'ilish o'tkazdi.

- Aynan hozir siz sanab o'tgan ayrim viloyatlarda katta futbol deyarli yo'q. Superligada bir vaqtlar “Guliston”, “Orol”, kabi klublar ishtirok etardi. Hozir Pro Ligada ham ularni uchratmayapmiz. Bularning barchasi shuncha yil ish to'g'ri yo'lga quyilmagani, bolalar futboliga etibor qaratilmaganidan dalolatdir...

- Ko'p narsa mablag' va moliyaviy sharoitga bog'liq. O'sha siz aytgan “Orol”ni ham Superligada qatnashishini istashmoqda. Uy uchrashuvlarini qabul qiladigan “Turon” stadionini qaytadan rekonstrukciya va tamirdan chiqarilishi lozim. Albatta, bu Jismoniy tarbiya va sport vazirligining dasturiga kiritildi. Xorazmda esa yangi stadion qad rostladi. Hozirda, jamoaga homiy biriktirilgan. Sirdaryodagi markaziy stadionni ham tayyorlashmoqda. Ular ham “Yangier” jamoasii yuqori ligalarda ishtirok etishiga umid bog'lashmoqda.



- Muxlislar tomonidan oddiy ko'zi bilan qaralganda barcha etibor, musobqalar, turnirlar Toshkentda bo'layotganligi haqida tanqidiy fikrlar yangramoqda. Keling, shunga o'zingiz munosabat bildirsangiz...

- Viloyatlarga ham etibor berilmoqda. Biz bu yildan boshlab bolalar va o'smirlar o'rtasidagi barcha musobaqalarni Toshkent shahrida emas, balki viloyatlarda o'tkazishni rejalashtirganmiz. Hokimlar yanada ko'proq etibor berishsa natija va sifat ko'zga tashlanadi. Mana, vodiy tomonlarda bunga jiddiy qarashadi. Masalan, Jizzahning SHarof Rashidov tumanida juda chiroyli maydon va sport bazasi qurilgan. To'g'ri, muxlislar o'zlarining hududlaridagi jamoalarni Superligada ko'rishni istashadi. Biroq, elitada jamoani saqlab qolish o'zi emas. Superliga klublari viloyatlardagi futbol maxorat maktablariga etibor qaratishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. SHunda klublar o'zidan futbolchi etishtirib chiqaradi. Xorijlik futbolchilarga ehtiyoj sezilmaydi. Iqtidorlar yoqolib ketmoqda degan manoda ko'p etirozlar bildirishadi. SHuni oldini olish maqsadida maktablar o'rtasida yangi turnir tashkil qilmoqchimiz. Bu maktabni ichida o'tkaziladi. 3 sinfdan, 8 sinfgacha bo'lgan bolalarni o'z ichiga qamrab oladi. So'ng maktablararo davom ettiriladi. Bunga biz BO'SMlarni, murabbiylarni biriktirmoqchimiz. CHunki, futbolga bormaydigan iqtidorli bolalar ham bo'lishi mumkin. Ular yilda ikki bor bizga nechta bolani selekciya qilishgani haqida hisobot berishadi. Biz bu bilan noyabr oyiga qadar futbolchilar sonini oshiramiz, viloyatga etibor yo'q, bolam qolib ketmoqda, o'ynamayapti degan gaplarga biroz bo'lsada barham bermoqchimiz. SHu borada musobaqalar sonini ham oshirmoqchimiz. Aprel oyida ham viloyatlarni yana bir bor tekshirishni reja qilganmiz. Qaysi murabbiy qanday ishlayapti, nechta bolani saralab olyapti, qanchasi o'ynayapti. Ularni tinch qo'ymaymiz. Ro'yxatini olamiz. Natijada ota-onalarga ham ko'rsatshimiz mumkin. Xalq talimi vazirligi bilan ham kelishganmiz. O'tgan yili O'FA birinchi vice prezidenti Ravshan Ermatov va xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. CHekka hududlardan maktablarni tanlab olib sport inventarlarini berdik. Beshtadan to'p, fishkalar, jiletkalar, boshqa anjomlar. Maktabda futbol to'garagi o'qtuvchisi bitta to'p bilan dars o'tadigan bo'lsa bolalar soni va sifati kamayadi. Beshta to'p bilan dars o'tadigan bo'lsa qiziqish ortadi. Respublikamiz viloyatlaridan 280 ta maktablarga sport jihozlarini topshirdik. Respublikamizda 9942 ta umumtalim maktablari bor, shularning 9000tasidan bittadan iqtidorli futbolchi chiqsa ham shuncha o'yinchini biz selekciya qilgan bo'lamiz.

- BO'SMlardagi murabbiylarning malakasini oshirish, licenziya berish jarayoni hususida...

- Ko'rdik, murabbiylarning soni ayrim joylarda etarli emas. Farmonda ham keltirib o'tilgan, murabbiylar, hakamlar, tahlilchilarni tayyorlash markazi mart oyida ishga tushishi kerak. Ayni vaqtda hujjat bilan bog'liq ishlari ketmoqda. Oldin murabbiylar internet orqali ro'yhatdan o'tib Toshkentga kelishlari talab etilardi. Endi esa murabbiylar o'zlarining hududlarida malaka oshiradilar. Qoraqalpog'izton va Xorazm birlashib o'quv kurslarida ishtirok etishadi. Buxoro va Navoyi ham shunday. 15 ta instruktorimiz bor, ularni o'qitishadi, tayyorlashadi. Xorijdan mutaxassis jalb qilishni iloji bormi? Birinchidan katta mablag' ketadi. Ikkinchidan xorijlik murabbiylar o'zlarining ish yuritish uslublarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashadi. Xorijdan kelgan mutaxassis sizga hamma narsani ham o'rgatavermaydi. O'zimizning murabbiylar shuni kuzatib ham o'rgansalar bo'ladi, yutub tarmog'ida barchasi bor. Nazar solsangiz, ular oddiy narsalardan qilishadi. Murakkablik ko'rmaysiz. Bu narsa murabbiylarning o'ziga ham bog'liq. O'FA licenziya beradi, boring ana 10 kun davomida o'qitadi. Uni ilg'ab olish va uqib olish boshqa masala.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика