So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Viloyat kubogi sohiblari Respublika birinchiligi. Guruh bahslari yakunlandi Yangiliklar

Viloyat kubogi sohiblari Respublika birinchiligi. Guruh bahslari yakunlandi

Samarqand shahrida davom etayotgan viloyat kubogi sohiblari o'rtasida Respublika birinchiligining guruh bahslari yakunlanib yarim finalchilar nomi malum bo'ldi.
Birinchi uchrashuv “QDU” va “Uz DONG Ju” o'rtasida bo'lib o'tib unda nukusliklar g'alabaga erishib guruhda birinchi o'rin bilan yarim finalga yo'l oldi.  Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tib yosh tarkib bilan ishtirok etayotgan “Uz DONG Ju” tajriba borasida raqibiga yutqazib qo'ydi. Bo'lim oxirlarida himoyachilarni xatosidan foydalangan Menglmuratov hisobni ochdi va ikkinchi bo'lim oxirida boshi bilan to'p kiritib dubli bilan  yakuniy xisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.

Respublika kubogi. Samarqand
3-tur. 03.11.13 "Lokomotiv" stadioni
"QDU" (Nukus) - "Uz DONG Ju" (Andijon) 2:0 (1:0) (72 tomoshabin)

Gollar:  2-0 Sulaymon Menglmuratov (39, 90)
Hakamlar: N.Meshkov  (Samarqand), B.Japarqulov (Toshkent), T.Galiev (Urganch), A. Ergashev (Toshkent)
Ogohlantirishlar: Basbergan Do'stimirzaev (9), Hurshid Seytmurodov (30), Alisher Jolmirzaev (75), Ernazar Jamoliddinov (80) (barchasi “QDU”) 


"QDU": Ulug'bek Yangiboev, Eshniyoz Jamiev, Hurshid Seytmurodov, Basbergan Do'stimirzaev, Hushnud Atamurodov, Azat Mambetkarimov, Alisher Jolmirzaev, Erbol Jumaboev, Sulaymon Menglmurdov, Marat Marat Do'stniyozov, Talat O'razboev

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ernazar Jamoliddinov, Jasur Qurbonov, Sultan SHermanov, Maqsud Xonazarov


"Uz DONG Ju": Bekzodbek To'g'izov, Jaloliddin Sirojiddinov, Hurshid Habibullaev, Ilyos Tursunaliev, Salohiddin Salohiddinov, Rasul Toshmanqulov, Alisher Abduvohidov, Islom Urmonov, Bahodir Valiev, SHohrux Mullajonov, SHoxrux Ergashov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Usmonali Ismanaliev, Jasur Zulupov, Javohir Isamitdinov
Nazoratchi: R.K. Qoratoev (Toshkent viloyati)

Bugungi kun uchun belgilangan guruh bosqichining so'nggi ucharshuvida “Nuriston” – “Bunyodkor” bahs olib borishib unda yosh “qaldirg'ochlar” yirik hisobda g'alabaga erishdi. Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'lgan toshkentliklar birinchi bo'liming o'zidayoq uchrashuv taqdirini amalda hal qilib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda har qancha harakat qilmasin “Nuriston” ga etarlicha gol kiritish imkoni bo'lmadi. SHunday qilib “A” guruhidan “Bunyodkor” ikkinchi pog'ona bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.

Respublika kubogi. Samarqand
3-tur. 03.11.13  “Lokomotiv” stadioni

“Nuriston-Mashal” – “Bunyodkor”  1:5 (0:3)  (90 tomoshabin)
Gollar:
0-1 Doston Hamdamov (6),  0-2 Zarbulla Umarov (19), 0-3 Doston Hamdamov (28), 1-3 Ulug'bek Majidov (76), 1-4 Javohir Qahramov (80), 1-5 Davron Mamajonov (90)


Hakamlar: Isxaq Ibragimov (Nukus), SHavkat Fayziev (Jizzax), Ilhom Abduluakov (Toshkent viloyati), Sardor Hakimov (Samarqand)


Ogohlantirishlar: Abror Amirqulov (30), Abror Eriev (42), Alisher Ibragimov (48) - Doston Hamdamov (55)
Noaniq amalga oshirilgan penalti: Ulug'bek Majidov (48 “Nuriston”) 


“Nuriston”: 1.Alisher Baratov, 3.Abror Amirqulov, 4.Abbos Qurbonov, 18.Jo'raxon Polvonov, 19.Dadajon Mamatqulov, 17.Javlon Ramozonov, 6.Ulug'bek Majidov, 13.Abror Eriev, 10.Azamat Sayfullaev, 8.Alisher Ibragimov, 9.Baxtiyor Xolmurodov

Zaxiradan maydonga tushgan: 5.Ilnur Doniyorov
“Bunyodkor”: 1.Abdukarim Muhamedov, 14.Dilshod Ahmadaliev, 4.SHahboz Abdurahimov, 16.Rustam Ashurmatov, 6.Georiy Pogosov, 8.Bosit Rahimov, 22.Farhod Namozov, 9.Zarbulla Umarov, 17.Doston Hamdamov, 20.Sunnat Abdullajonov, 11.Vlasdislav Nuriev

Zaxira: 77.Abbos O'lmasbekov, 5.Davron Mamajonov, 10.Ibrohim G'ofurov, 19.Ulug'bek Davlatov, 21.Bobir Qudratov, 7.Elbek Ravshanov, 18.Javohir Qahramov
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand)

Eslatib o'tamiz reglamentga binoan har ikki guruh g'oliblari boshqa guruhdagi ikkinchi o'rin sohibi bilan yarim finalda to'qnash keladi.

Yarim final.
04.11.13   “Lokomotiv” stadioni

“Bahor-Geolog” – “Uz DONG Ju”  11:00  “Lokomotiv” stadioni
“Bunyodkor” – “QDU”  13:00 “Lokomotiv” stadioni

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика