So’nggi yangiliklar

21:03"Атлетик" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   1 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  0 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  4 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  19 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  4 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  11 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0

Viloyat kubogi sohiblari o'rtasida Respublika birinchiligi. 2-tur yakunlandi Yangiliklar

Viloyat kubogi sohiblari o'rtasida Respublika birinchiligi. 2-tur yakunlandi

Kecha xabar berib o'tganimizdek Samarqandda viloyat kubogi g'oliblari o'rtasida Respublika birinchiligi bahslariga start berildi.
Kecha turnirning 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tgan edi va bugun ikkinchi tur uchrashuvlari ham nihoyalandi.

Bugungi kun uchun belgilangan dastlabki uchrashuv Jizzaxning “Bog'don” va Nukusning “QDU” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.  Anchagina hujumkor o'tgan berlashuvda nukusliklar g'alabaga erishdi. Birinchi bo'limdagi ustunlikni ikkinchi bo'limda ham ushlab qolishga intilgan “QDU” jamoasi ketma-ket himoyada xatoga yo'l qo'ydi lekin bu vaziyatlarning hech biridan “Bog'don” hujumchilari foydanala olmadi. Darvoza to'sinini aniq nishonga olish esa hech bir jamoaga g'alaba keltirmaydi va buni ushbu uchrashuvda ham  guvohi bo'ldik.  Feruz Farhodovning aniq zarbalarini faqat darvoza to'sini va darvozabon bartaraf etdi.  Jizzaxning “Bog'don” jamoasi ikki uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchradi va guruhda so'nggi pog'onada qolishi malum bo'ldi.

Respublika kubogi. Samarqand
2-tur. 02.11.13 "Lokomotiv" stadioni
"Bog'don" (Jizzax) - "QDU" (Nukus)  1:4 (1:2) (68 tomoshabin)
Gollar:
0-1 Sulaymon Menglmuratov (2), 0-2 Sulaymon Menglmuratov (4), 1-2 SHerzod Qambarov (7), 1-3 Alisher Xolmirzaev (51), 1-4 Sulaymon Menglmuratov (70)
Hakamlar: A.Ergashov (Toshkent), T.Galiev (Toshkent), I.Abdulakov (Toshkent viloyati), I.Xudaydatov (Toshkent)
Ogohlantirishlar: Hasan Jumaev (67), Feruz Farhodov (67), Husan Burxonov (80) - Azat Matetkarimov (56)
CHetlashtirish: Feruz Farhodov (82,  ikkinchi ogohlantirish)
"Bog'don": SHarof Ilmurodov, Akobir Matlabov, Bekzod Boymurodov, Husan Burxonov, Erali Jo'raev, Yashin Xudoyberdiev, Hasan Burlakov, SHahzod Qambarov, Hojiakbar Ummatov, Temur Yorboboev, Feruz Farhodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Hasan Jumaev, Jasur Mansurov, SHahzod Omonkeldiev
"QDU": Ulug'bek Yangiboev, Eshniyaz Jamiev, Temur Saytmurotov, Hushnud Atamurodov,  Azat Mambetkarimov, Alisher Xolmirzaev, Erbol Jumaboev, Sulaymon Menglimuratov, Maqsud Kannazarov, Marat Kulniyazov, Po'lat O'razboev,
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bakbergen Do'smirzaev, Ershod Jamoliddinov, Jasur Qurganov, Sultan SHermanov
Nazoratchi: R.K. Qoratoev (Toshkent viloyati)


Ikkinchi uchrashuvda maydon egalari “Baxor-Geolog” jamoasi  Qarshining “Nuriston” jamoasi bilan kurash olib boradi.

Deyarli butun o'yin davomida 10 kishi bo'lib harakat qilgan mehmonlar g'alaba qozonish uchun kuchi etmadi. Birinchi bo'lim boshidanoq hujumga o'tgan “Bahor-Geolog” futbolchilari Marat Axremovning chiroyli goli evaziga hisobni ochdi. Qiyin vaziyat bo'lishiga qaramay mehmonlar hisobni tenglashtira oldi lekin yana bir bor Axremov uzoq masofadan hisobni 2:1 ko'rinishga keltirdi va birinchi bo'lim yakunlandi. Ikkinchi bo'limda ustunlik to'laligicha maydon egalari tarafida bo'ldi va “Nuriston” xavfli vaziyat sodir eta olmadi.  Uchrashuv so'nggida kiritilgan ikki to'p ham “Nuriston” ga g'alaba keltirmadi.  Ikki uchrashuvda g'alaba qozongan “Bahor-Geolog” esa keyingi bosqichga yo'l oldi.

Respublika kubogi. Samarqand
2-tur. 02.11.13  “Lokomotiv” stadioni
“Baxor-Geolog” (Samarqand) – “Nuriston-Mashal” (Qarshi)  4:3 (2:1) (37 tomoshabin)
Gollar:
1-0 Marat Axremov (12) , 1-1 Alisher Ibragimov (31), 2-1 Marat Axremov (38) , 3-1 Maksim Kolyadin (66), 4-1 Marufjon Qodirov (80), 4-2 Ulug'bek Majidov (82), 4-3 Ulug'bek Majidov (84)
Hakamlar: D.Plelegin, S. Eriliev, B. Jabborqulov , I.Gormashov (barchasi Toshkent)
Ogohlantirish: Abror Eriev (74)
“Bahor-Geolog”: A. Ismailov, A. Babayan, F. Rahmonov, YU. Suyunov, M.Jamshitov, I. Islomov, M. Axremov, I.Mamatqulov, M. Jabborov, S. Akramov, M. Kolyadin
Zaxira: I. Iskandarov, S. Mamasoliev, M.Qodirov, A. Nebagatov, J. Abdurasulov, A. Nosirov, B. Hamdamov
“Nuriston”: Alisher  Baratov, Abror Amirqulov, Abbos Qurbonov, Ulug'bek Majidov, Dadajon Mamatqulov, Javlon Ramazonov, Abror Eriev, Azamat Sayfullaev, Bahtiyor Holmurodov, Alisher Ibragimov
Nazoratchi: Elbek Musaev (Samarqand)

Ertaga guruhlarning so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Respublika kubogi. Samarqand

3-tur. 03.11.13  “Lokomotiv” stadioni
“QDU”  -  “Uz DONG Ju”  11:00  “Lokomotiv” stadioni
“Nuriston-Mashal” – “Bunyodkor”  13:00  “Lokomotiv” stadioni
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика