So’nggi yangiliklar

23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  1 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  147 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  4 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6

“Viloyat hokimi kubogi-2017” kundaligi: Sakkizinchi kun Yangiliklar

“Viloyat hokimi kubogi-2017” kundaligi: Sakkizinchi kun

Farg'onada davom etayotgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017″ musobaqasi o'z yakuniga etib bormoqda.


“Neftchi-1” guruhda qolib ketdi

Andrey Fyodorov shogirdlari guruh bosqichidagi so'nggi o'yinda nursiz durang qayd etishdi va yarim finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.

“Navbahor” yoshlariga qarshi kechgan o'yinda “Neftchi” vakillari ham faqat g'alabani ko'zlagan holda to'p surishdi. Ammo, yakunda uch ochkoni qo'lga kiritish hech bir jamoaga nasib etmadi. Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakun topdi. “

Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi 7 ochko bilan guruh g'olibligini qo'lga kiritdi. Noil Gubanov shogirdlari 5 fevral kuni “Neftchi-2”bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

“A” guruhi

4-tur

“Neftchi-1” – “Navbahor” – 0:0

 

Yakuniy jadval

Istiqlol 3 2 1 0 5-3 7
Neftchi-1 3 1 2 0 5-3 5
Navbahor 3 1 1 1 3-3 4
O'z Dong Ju 3 0 0 3 6-10 0

 

 

“Qo'qon-1912”dan navbatdagi g'alaba

“B” guruhida ikkita o'yin o'tkazildi. Dastlab “Andijon va “Cementchi-1” jamoalari maydonga tushishdi. O'yinda durang natija qayd etildi.

Ikkinchi daqiqada Fehruz Solohiddinov hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda Baxtiyor Qosimov penaltidan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

“Qo'qon-1912-1” jamoasi “Norin”ni yirik hisobda dog'da qoldirdi. 4-daqiqada Filip Rayevac darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va “Norin” posbonini aldab o'tib hisobni ochdi. Serbiyalik hujumchi uchinchi o'yinda uchinchi to'pini kiritdi.

31-daqiqa Suhrob Berdiev qanotdan yorib kirib, zarba yo'lladi. Himoyachidan qaytgan to'pni Rayevac deyarli bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi.

75-daqiqada esa Andrey Sidorov burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'lladi va hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Oldingi uchrashuvda ham Andrey Sidorov jamoamizning uchinchi goliga mualliflik qilgandi.

Uchrashuv yakuniga qadar ushbu hisob o'zgarmay qoldi. Natijada jamoamiz ushbu g'alabadan keyin etti ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.

“Qo'qon-1912-1” jamoasi navbatdagi uchrashuvni 4 fevral kuni “Mashal-1”ga qarshi o'tkazadi. Aynan mana shu o'yin guruh g'olibini aniqlab beradi.

 

“Viloyat Hokimi kubogi-2017”

“B” guruhi

4-tur

“Andijon” – “Cementchi-1” 1:1 (0:1)

Gollar: Fehruz Solohiddinov, 2. Baxtiyor Qosimov, 65-pen

ANDIJON: 21. Farruh Turdaliev, 6. Ibrohim Otaxonov (S), 8. Maqsud Mahmudov, 17. G'ayrat Jo'raev, 22. Sanjar Asqaraliev, 29. Akbar Xodjaev, 32. Alisher Abduvohidov, 44. Dilmurod Mahmudov, 60. Oybek Nurmatov, 70. Farhod Bekmuratov, 88. Qahramon Mahamadjonov.

ZAXIRA: 12. Barakatillo Isroilov, 15. SHukur Jumaboev, 19. Bobur Farhodov, 25. Baxtiyor Qosimov, 26. Jahongir Maqsudov, 34. Abror Komilov, 96. Ahror O'ktamov.

CEMENTCHI-1: 1. Dilmurod Mamayusupov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 6. Otabek Ahmadjonov, 7. Davron Isoqov, 8. Muhammadsulton Fozilov, 9. Sardor Sotvoldiev, 13. Umidjon Matmusaev, 15. Nurlibek Talasboev, 19. Fehruz Solohitdinov, 20. Asror Rahmonov, 27. Davron Mamatov.

ZAXIRA: 16. Ilhom Jumanov, 2. Jo'rabek Yakubov, 4. Rahmatillo Meliboev, 10. Elyor Akbarov, 17. Amirxon Ibrohimov, 18. Islom Karimov, 24. SHojamshid Junaydullaev.

 

“Qo'qon-1912-1” – “Norin” – 3:0 (2:0)

Gollar: Filip Rayevac-4, 31, Andrey Sidorov-75.

“Qo'qon-1912-1”: 12. Aziz Ashurov (13. Nikita Ribkin-46), 4. Akmal Xolmurodov (15. Oybek Rustamov-46), 5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov (28. Avaz Mamatxo'jaev-61), 7. Jamshid Hasanov (75. Ibrohim Rahimov), 10. Javohir Sidiqov, 20. Filip Rayevac (19. Muhammadanas Hasanov-46), 55. Darko Gojkovich, 70. Sobir Hamidov, 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiev (31. Andrey Sidorov-61).

“Norin”: 35. Muhriddin Ahmedov, 2. Jamoliddin Sirojiddinov, 4. Farrux Nurliboev, 8. Sarvar Safarov, 10. Eldor Ergashev, 11. SHohjahon Abbosov, 13. Ilhom Tojiboev, 17. SHoirbek Ro'ziev, 18. Umar To'xtasinov, 21. Islom Ismoilov, 22. Murod To'ychiboev.

Zaxira: 31. Artur Parvanov, 3. Alijon Alijonov, 6. Doston Ibragimov, 7. Komil Tojidinov, 15. SHokirjon Yoqubjonov, 23. Bilol SHarafuddinov, 25. Asilbek No'monov.

Nazoratchi: V. Kasaev.

 

4-turdan keyingi holat:

Qo'qon-1912-1 3 2 1 0 7-1 7
Mashal-1 3 2 0 1 9-3 6
Andijon 3 1 2 0 3-2 5
Norin 3 1 0 2 2-9 3
Cementchi-1 4 0 1 3 2-8 1

 

 

Bugungi o'yinlar anonsi bilan tanishing:

“S” guruhi

5-tur

3 fevral

Farovon – Yozyovon lochinlari soat 11:00 Neftchi SK

Neftchi-2 Toshloq soat 14:30 Neftchi SK

 

“D” guruhi

5-tur

3 fevral

O'z Tong Xong Ko – Qo'qon-1912-2 soat 11:00 FarDU SM

Sirdaryo – Mashal-2 soat 14:30 Neftchi FM

FarDU – Cementchi -2 soat 14:30 FarDU SM

Abror DEHQONOV

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика