So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  54 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

Viloyat hokimi kelgan va o'yindan keyin tartibsizlik ro'y bergan Vodiy derbisidan FOTOMAQOLA Yangiliklar

Viloyat hokimi kelgan va o'yindan keyin tartibsizlik ro'y bergan Vodiy derbisidan FOTOMAQOLA

Kecha Superliga 1-turi doirasidagi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi (1:1) bo'lib o'tdi.

Toshkentdagi TTYMI stadionida o'tkazilgan Vodiy derbisidan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Vodiydan har ikkala jamoaning ham ko'plab muxlislari Toshkentga etib kelishgani taxsinga loyiq. "Navbahor"ning ishqibozlari ko'proq ekanligi esa kecha stadionda ham bilinib turdi.


Qo'qondan kelgan muxlislar esa mana bunday o'zgacha "do'ppilar" bilan alohida ajralib turishdi.


"Qo'qon-1912" muxlislari jamoaning boshlang'ich tarkibini mana shunday o'zgacha uslubda ko'z-ko'z qilishdi.


Kechagi uchrashuvni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich va uning yordamchisi Ravshan Haydarov bevosita stadiondan kuzatib borishdi.


 

"Qo'qon-1912"ning asli afrikalik yangi legioneri Olive Arunaa Bonnes.


"Qo'qon-1912"ning boshlang'ich tarkibi.


"Navbahor"ning boshlang'ich tarkibi.


Igor SHkvirin ham kecha TTYMI stadionida edi.


Namanganliklar sardori Jahongir Mehmonovdan ajoyib kadr.


O'tgan mavsumni "Qo'qon-1912" tarkibida o'tkazgan darvozabon O'tkir Yusupov yangi mavsumni sobiq jamoasiga qarshi bahs bilan boshladi.


Uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi.


To'p bilan uchrashuvda hisobni ochgan Oston O'runov.


Oston gol urgandan keyingi quvonch.


Namanganlik muxlislarning quvonchi.


Hisob 1:0 bo'lib turgan paytda SHahzod SHaymanov bo'sh qolgan darvozaga 2-3 metrlar masofadan gol ura olmadi.


Sal o'tib esa SHaxboz Erkinov muvozanatni tikladi. O'sha vaziyatda Murod Xolmuhammedovning jarimadan bergan zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi, to'p havoga ko'tarilib yana maydonga qaytib tushdi, qaytgan to'pga esa himoyachi va kiperdan oldin SHahboz Erkinov bosh bilan zarba berdi va gol.


Vodiy derbisini Toshkentda tomosha qilish uchun Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning shaxsan o'zi stadionga tashrif buyurdi.


Uchrashuv qanday keskin kurashlar ostida o'tganiga yana bir isbot.


O'tkir Yusupov o'tkazib yuborilgan golda xato qildi, ammo bahs oxirlarida Jamshid Hasanovning birga-bir vaziyatdan bergan zarbasini qaytarib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.


O'FA tomonidan 6 oyga futboldan chetlatilgan "Navbahor" sobiq vice-prezidenti SHamshod Sarikov ham o'yinni bevosita stadionda kuzatib bordi.


Uchrashuv yakunlanganidan so'ng "Qo'qon-1912" futbolchilari yo'lakcha orqali kiyinish xonasiga kirib ketmoqchi bo'lganda namanganlik muxlislar ularga qarata turli buyumlarni uloqtira boshlashdi. Hammasi nimadan boshlandi? Xolmuhammedovning mana shu harakati uchunmi? Bir qarashda bu harakatda provakaciya yo'q. Ammo, jamoasi ochko yo'qotgan pallada muxlislar junbushga kelishi uchun kichik turtki ham etarli.


Erda yotgan elim idish va buyumlarni ko'rib turibsiz, bu holatga qo'qonliklar bosh murabbiyi No'mon Hasanov ham chidab tura olmadi va muxlislarning oldiga borib tortishib ketdi. Har qanday murabbiy shogirdlarining bunday qarshi olinishini va ayni shu sabab jarohat olib qolishlarini xohlamaydi.


Ikkinchi bo'lim o'tib borayotganda Murod Xolmuhammedov namanganlik muxlislar o'tirgan sektorga qarata qo'li bilan xunuk harakatni amalga oshirdi. Ammo, vaziyatni boshqa tomoni ham borki, muxlislar ham futbolchini shunday qilishga majbur qilishgan bo'lishlari ham mumkin-ku. Holat mendan biroz uzoqda ro'y bergani uchun harakatni ko'rdim va muxlislar undan oldin nima deyishganini eshitish imkonsiz edi. Futbolchi ham, muxlislar ham o'yindan keyin o'zlarini namunali tarzda tutishmadi.


"Navbahor"ning muxlislari ayni paytda yurtimizda eng yaxshi, ularning o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashiga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Lekin, bazida ularning raqib jamoa o'yinchilariga qarata turli buyumlarni uloqtirish odatlari qolmayapti, shu narsa yo'qolsa alo darajadagi muxlislikka erisholgan bo'lishadi.


O'yindan keyingi matbuot anjumanidagi holat. Bu Superliganing 1-turiga tomonlar tayyor emasligini anglatmoqdami? Bu juda xunuk holat bo'ldi. O'yin jarayonidagi yoki atrofidagi kamchiliklar haqida kimga gapirsangiz "- endi birinchi tur, ulgurmadik" demoqda. Bu qanaqangi professionallik. Birinchi turmi yoki oxirgisimi, hamma narsa hamisha tayyor bo'lishi shart. Qanday sharoitda bo'lishidan qati-nazar.


Afsuski, kecha kechqurun noxush xabar etib keldi. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" o'yinidan qaytayotgan namanganlik muxlislar o'tirgan neksiya avtomobili avtoxalokatga uchragan. Buning oqibatida suratda alohida ko'rsatilgan ikki muxlis vafot etgan. Yana uch nafar ishqiboz esa og'ir ahvolda. Vafot etgan muxlislarni Alloh rahmatiga olsin!



"Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика