So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  0 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: O'n birinchi kun Yangiliklar

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: O'n birinchi kun

Har narsaning ibtidosi va intihosi bo'lgani kabi 29 yanvar kuni start olgan “Viloyat hokim kubogi-2018” xalqaro musobaqasi ham bugun o'z poyoniga etadi.

Kecha esa oldin rejalashtirilganidek guruhlararo o'yinlar o'tkazildi.

“ZOMIN”DAN NAVBATDAGI G'ALABA


Jizzaxning “Zomin” jamoasi ushbu musobaqani muvaffaqiyatli boshlay olmagandi. Zominliklar dastlabki o'yinlarda mag'lubiyatga uchrashgandi. Ammo guruhdagi so'nggi bahslar va guruhlararo o'yinlarda “Zomin” futbolchilari raqibdan ustun kelishdi. Kecha Pro-liga vakili turnirda yaxshi taassurot qoldirgan Orif Mamatkazin boshchiligidagi “O'z Tong Kong Xo” klubiga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
Guruhlararo o'yinlar
“Zomin” – “O'z Tong Kong Xo” – 2:1



O'RINBOSARLARDA MAG'LUBIYAT

“Neftchi SK” stadionida “S” guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari “V” guruhida ikkinchi o'rinni olgan “Yozyovon lochinlari”ga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuvning birinchi taym teng kurshalar ostida o'tdi. Dastlabki bo'limda har ikki jamoada golga tortadigan ko'plab vaziyatlar vujudga keldi. Lekin tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim raqiblarimiz uchun omadli boshlandi. Taym boshida yozyovonliklar hisobni ochishdi. 47- daqiqa SHahboz Abdurahmonov darvozamiz ishg'ol etdi.

83-daqiqada raqiblarimiz ikkinchi golni kiritishdi. Bu safar Umid Hoshimov gol muallifiga aylandi.

Qolgan daqiqalarda katta kuch bilan hujumga zo'r bergan vakillarimiz o'yin yakuniga qadar vaziyatni o'nglay olishmadi. Natijada mazkur bahsda mag'lubiyatga uchrashdi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
Guruhlararo o'yinlar
“Qo'qon-1912-2” – “Yozyovon lochinlari” – 0:2 (0:0)
Gol:
SHahboz Abdurahmonov – 47, Umid Hoshimov – 83.
“Qo'qon-1912-2” 30. I. Abdullaev, 4. D. To'lashev, 6. D. Baratov, 7. S. Isaqov, 8. B. Abdubannonov, 10. I. Muxtorov, 11. I. Tolipov, 15. I. Ahmadjonov, 22. M. Sodiqjonov, 24. M. Rahimov, 26. R. Isaqov.
Zaxira: 1. M. Sobirov, 19. I. Bozorov, 23. B. Karimov, 25. O. Olimov, 28. U. Muhammadaliev, 33. A. Yusufjonov, 70. I. Usmonov.


“TOSHLOQ” TO'QQIZ KISHI QOLIB G'ALABA QOZONDI


Musobaqani yuqori saviyada boshlagan “Toshloq” jamoasi guruhdagi oxirgi o'yinlarda o'zini ko'rsata olmadi. Bundan tashqari, ko'p o'yinlar “Toshloq” futbolchilari maydondan chetlatildi. Kecha bo'lib o'tgan “Toshloq” – “Turon” bahsida ham toshloqliklarning ikki nafar futbolchisi maydonni jamoadoshlaridan oldin tark etdi.

Lekin shunday bo'lsa-da, Aziz Mamajonov shogirdlari turnirdagi so'nggi uchrashuvlarida g'alabaga erishishdi.

 

“Viloyat hokim kubogi-2018”
Guruhlararo o'yinlar

“Toshloq” – “Turon” – 2:0
“Toshloq”:
Davron Karimjonov, Mansur Soipov, Bobur Muhammadjonov, Salohiddin Ortiqov, G'ayrat Sultonov, Fayzullo Nurmatov, Jahongir Abdujalilov, Lochin Isroilov, Jasur Xolmatov, Abror Hamidxo'jaev, Doston Tursunzoda.
Zaxira: Dilxush Mo'ydinov, Xayrullo Qazoqov.
“Turon”: Alisher Paxriddinov, Abdulaziz Abdurashidov, Faxriddin O'rinboev, Isroil Muxtoraliev, Asad Komilov, Abduqahhor O'ktamov, Mirjalol Jo'raev, Muhammad Yusupov, Abror Rahmonov, Aziz Isomiddinov, Azam Saminjonov.
Zaxira: Azim Anvarov, Yorqin SHodiev, O'lmas Rahmonov, Jasur Yuldoshaliev, Musoxon Ismoilov.


BUGUN FINAL


Bugun Farg'onada haqiqiy futbol bayrami. FarDU stadionida “Viloyat hokim kubogi-2018”ning final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Final uchrashuvida “V” guruhi g'olibi Namanganning “Navbahor” va “S” guruhi etakchisi Oltiariqning “Iftixor”jamoalari maydonga tushishadi.  O'yin soat 11:00da boshlanadi. Uchrashuvdan keyin taqdirlash marosimi ham o'tkaziladi. Unda sovrindorlar, turli nominaciya g'oliblari taqdirlanishadi.

Abror DEHQONOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика