So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  149 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: Birinchi kun Yangiliklar

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: Birinchi kun

Farg'onada o'tkazilayotgan “Viloyat hokim kubogi-2018” musobaqasining birinchi kuni ortda qoldi.

Odatimizga ko'ra, ushbu musobaqani batafsil yoritishga harakat qilamiz. “A” guruhidagi uchalla uchrashuv ham shiddatli tarzda o'tganini aytish joiz.

Nursiz durang
Birinchi o'yinida Muborakning “Mashal” jamoasi Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Har ikki jamoa ham g'alaba qozonish uchun bor mahoratlarini namoyish etishdi.

Aytgancha, ushbu bahsda “Istiqlol” tarkibida tajribali hujumchilardan biri Anvar Berdiev harakat qilganini takidlash joiz. “Mashal” safida esa bir qator legionerlar maydonga tushishdi.

 “Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
1-tur
 “Istiqlol” – “Mashal” – 0:0
 “Istiqlol”:
N. Ashurmatov, A. Madaliev, A. Qurbonov, A. Jo'raboev, E. Akbarov, R. Abduhamidov, A. Fayzullaev, T. Sultonov, A. Rahimzoda, S. Asqaraliev, H. SHokirov.
Zaxira: E. Isaboev, B. Aminjonov, X. Xoliqov, Q. Muhammadjonov, SH. Boyqo'ziev, A. Xojimirzaev, A. Berdiev.
“Mashal”: B. Nosirov, J. Ubaydullaev, A. SHodmonov, M. Ubaydullaev, N. Pavlenko, D. Bashlay, A. Begimqulov, O. Barannik, A. Olimov, Z. To'raev, A. Inoyatov.
Zaxira: J. Ilyasov, SH. Qilichev, S. Abduraimov, S. Zokirov, M. Predm, SH. Ubaydullaev, J. Asani.

Markaziy o'yindagi yagona gol
Musobaqaning markaziy o'yini deb etirof etilgan ushbu uchrashuv muxlislar kutganidek shiddatli va keskin kurashlar ostida boshlandi. Ilk daqiqalardan har ikki jamoa azolari hujumga zo'r berishdi.

“Neftchi” va “Qo'qon-1912” bahsida yagona o'yin taqdiri hal etdi. Davron Isaqov himoyachilar xatosidan so'ng, uchrashuvda hisobni ochdi. Ushbu gol “Neftchi” vakillariga g'alaba taqdim etdi.

Qo'qonlik safida shu kuni serbiyalik legioner Nenad Lukich 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Farg'onaliklar safida esa o'tgan mavsumni “Qizilqum”da o'tkazgan Ilhom Yunusov harakat qildi. U ham zaxiradan o'yinga qo'shildi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
1-tur
“Neftchi” – “Qo'qon-1912” – 1:0 (0:0)
Hakamlar: 
T. To'xtasinov, A. Marajabov, Z. Abdurahmonov.
Nazoratchi: F. Hasanov.
Gol: Davron Isaqov-75.
“Neftchi”: 35. Farrux Turdialiev, 3. SHukur Po'latov, 9. Temur Usmonov, 10. Abdulaziz Yusupov, 17. Sunatillo Ermatov, 20. Alisher Samatov, 44. Abror Ismoilov, 77. Islom Karimov, 85. Davron Mamatov, 88. Abbos Maxsitaliev, 94. Iqbol Boboxonov.
Zaxira: 1. Akmal Ortiqov,  19. Avazbek O'lmasaliev, 21. Elyor Mamasoliev, 23. Otabek Ahmadjonov, 33. Ilhom Yunusov, 34. Davron Isaqov, 70. Mirjalol Nematov.
“Qo'qon-1912”:  21. Muzaffar Abdullaev, 4. Bahodir Akramov (70. Quvondiq Ro'ziev-60), 14. Doniyor Hasanov (7. Jamshid Hasanov-90), 18. Bahodir Pardaev (9. Nosir Otaqo'ziev-76), 19. Suhrob Berdiev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 27. Davron Hoshimov, 55. Darko Gojkovich (26. Akmal Xolmurodov-54), 77. Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov (8. Sobir Hamidov-76), 99. Igor Taran (11. Nenad Lukich-60).
Zaxira: 1. O'tkir Yusupov.

Quvasoyliklar g'alabasi
“Cementchi” ham musobaqaning muvaffaqiyatli boshladi. Quvasoyliklar “O'sh” jamoasidan 1:0 hisobida ustun kelishdi.

 “Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
1-tur
 “Cementchi” – “O'sh” – 1:0

Mazkur guruhdagi ikkinchi tur o'yinlari 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bugun o'yinbosarlar o'ynaydi
Bugun “B” va “S” guruhida birinchi tur o'yinlari o'tkaziladi. “S” guruhida ishtirok etayotgan Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari bugun O'zbekiston tumanining “Turon” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. O'yin soat 15:00da Farg'ona davlat univetsitetiga qarashli sport majmuasida (FarDU stadioni) bo'lib o'tadi.

BUGUNGI O'YINLAR ANONSI:
“B” guruhi taqvimi:
1-tur
29 yanvar (dushanba)

Yozyovon lochinlari – Toshloq   Neftchi SK stadioni soat  11:00
Navbahor-  O'z Tong Kong Xo   Neftchi SK stadioni soat  15:00

“S” guruhi taqvimi:
1-tur
29 yanvar (dushanba)

Zomin – Iftixor    FarDu stadioni soat 11:00
Qo'qon-1912 -2 – Turon   FarDu stadioni soat 15:00

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика