Villian: "Muhimi – Messiga o'ylash uchun imkoniyat bermaslik kerak"
12 noy 2019 20:30
Yangiliklar


Villian: "Muhimi – Messiga o'ylash uchun imkoniyat bermaslik kerak"
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Villian Argentinaga qarshi o'yin oldidan Lionel Messining o'yin sifatlari borasida to'xtalib o'tdi.
"Uni yaqindan nazoratda ushlab turish kerak. Bo'sh hududlarni cheklab qo'yish katta ahamiyatga ega. Lekin, hech kimni individual qo'riqlamaymiz, faqt chiziqlar o'rtasidagi bo'sh zonalarni yopishimiz zarur. Muhimi – unga o'ylash uchun qo'yib bermasligimiz lozim.
U jahonning buyuk futbolchisi. Ammo, bunga qadar Argentinaga qarshi o'ynaganmiz va bu safar ham o'zgarish bo'lmaydi", – deydi Villian.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar