Villian Jorjinoni himoya qildi
14 mar 2019 23:19
Yangiliklar


Villian Jorjinoni himoya qildi
"CHelsi" vingeri Villian jamoa yarim himoyachisi Jorjinoni himoya qildi. So'nggi paytlarda italiyalik futbolchi ko'plab tanqidlarga uchramoqda.
"Odamlar Jorjinoga qarshi adolatsiz munosabatda bo'lishmoqda. Albatta, bu haqida gapirishni istamayman. Ammo odamlar o'zlarini shunday tutishadiki, futbolchi maydonda o'zini yomon his qiladi. Futbolchi va jamoa o'zini ko'rsata olmayotganda har doim muxlislar yordamga kelishi kerak. U "CHelsi"ga kerakli futbolchi. Uning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz", - dedi Villian.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar