Villash-Boash Belgiyani boshqarishdan bosh tortdi
28 jan 2023 19:52
Yangiliklar
Villash-Boash Belgiyani boshqarishdan bosh tortdi
Evropaning bir nechta klublarida ishlagan Andre Villash-Boash Belgiya terma jamoasi taklifini qabul qilmadi.
Belgiya Futbol Federaciyasi rahbariyati Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan keyin terma ustozi Roberto Martinesni lavozimidan ozod etganidan so'ng Villash-Boash bilan bog'langan. Portugaliyalik mutaxassis esa bu taklifga rad javobini berdi. SHundan so'ng Belgiya Futbol Federaciyasi va mutaxassis o'rtasida hech qanday aloqa bo'lmadi.
Oldinroq ushbu o'ringa Villash-Boashdan tashqari Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov hamda PSJ va "Tottenxem"da ishlagan Maurisio Pochettinoni ko'rib chiqayotgani aytilgan edi. Nemis mutaxassisining agenti taklifni rad etdi va argentinalik murabbiyning Belgiya boshqaruviga kelishi esa dargumon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar