So’nggi yangiliklar

16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  1 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  20 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  3 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  13 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  2 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  12 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  11 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  13 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  2

Viktor Picurke: "Toshkentda qo'lga kiritilgan bir ochko bizni qoniqtirdi" Yangiliklar

Viktor Picurke: "Toshkentda qo'lga kiritilgan bir ochko bizni qoniqtirdi"

Teglar :  Viktor Picurke
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Picurke o'z fikrlarini bildirdi.
"Kutganimdek juda og'ir o'yin bo'ldi. Biz birinchi bo'lib gol urdik va shu hisobni saqlab qolishimiz kerak edi. Ammo g'alabaga juda erta ishonib yubordik va o'yin oxirida gol o'tkazib yubordik. Uchrashuv oxirida yuz bergan holat uchun barchadan uzr so'rayman. Bu futbol, u toza o'ynalishi kerak. Safarda qo'lga kiritilgan 1 ochko bizni qoniqtirdi", - deydi murabbiy.

- Bahs oxirida ro'y bergan vaziyat jamoa ichida ko'rib chiqiladimi?
- Albatta buni ko'rib chiqamiz va bunday janjal boshqa takrorlanmaydi deb umid qilaman. Professional futbolchilar o'yin vaqtida nima bo'lsa ham o'zlarini tutib olishlari kerak.

- "Al Ittihod" murabbiyi emas evropalik murabbiy sifatida sizga savol bermoqchiman. Siz chiroyli o'yin tarafdorimisiz yoki nima qilib bo'lsa ham natijaga erishishmi?

- Aytib o'tdim, bugungi o'yin menga umuman yoqmadi. Saudiyalik futbolchilar odatda vaqt cho'zishmaydi. Agar ular maydonda yotishsa demak ularning joni og'rimoqda.

- Salli Muntari 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmidi?

- Uning jismoniy holati yaxshi ammo tizzasidan olgan jarohat tufayli vaqtli almashtirishni amalga oshirdik.

- "Lokomotiv" siz kutgan o'yinni ko'rsatdimi?

- Ha raqib jamoasi xuddi men kutgandek o'yin ko'rsatdi.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика