So’nggi yangiliklar

22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  41 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Viktor Kumikov: "Yaqin kunlarda hal qilamiz" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Yaqin kunlarda hal qilamiz"

“Andijon” hamda “Xorazm” (0:1) jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvdan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

-  Og'ir o'yin bo'ldi. Har ikkala jamoa ham g'alabani xohladi. Bugun yangi stadionni ochilishi bo'lgani uchun mezbonlarga bayramdek edi. SHuning uchun yutishni xohlashdi. Biz barchasini uzil-kesil hal qilishimiz uchun yana ikki o'yinni yutishimiz kerak edi. Mana, bittasini yutdik. Endi uydagi o'yinda g'alaba qozonsak, vazifani hal qilgan bo'lamiz. SHu o'rinda futbolchilarga rahmat. Asosiy tarkibimizdagilar to'liq o'ynashmadi. Bugun o'yin amaliyoti etarli bo'lmaganlarga imkoniyat berdik. 3 tadan sariq kartochkasi bor futbolchilarni asradik. Bugun maydonga tushganlar vazifani to'liq bajarishdi. Asosiysi, g'alaba qozondik.

-  Jamoangiz birinchi davrada Urganchda yirik hisobda yutqazgandi. O'shanda nima bo'lgandi?

-  Birinchi davrada Urganchda yutqazganimizni sababi, yarim "sutka" avtobusda qiyinchilikda kelgandik. Bundan tashqari, 3 nafar legionerlarimizga ruxsat berilmagandi. Tarkibni aniqlab bo'lganimizdan so'ng ularga o'ynashga ruxsat berishdi. Bu erda obektiv va subektiv sabablari  bor edi. SHuning uchun mag'lub bo'lgandik. Mana shunday sabablar ham bugungi bahsda g'alaba qozonishimiz uchun qo'shimcha "stimul" bo'ldi.

-  “Andijon” vazifani bajarishga yaqin turibdi. O'z ishingizni qanday baholaysiz?

-  Xudo xohlasa to'liq 100 foiz hal qilganimizdan so'ng baho beramiz. Yaqin kunlarda hal qilamiz. SHunda rahbariyat bizni ko'rsatgan natijalarimizni baholab xulosa berishadi. O'z-o'zimizni baholashimiz to'g'ri emas.

-   "Andijon" bilan Superligada ham ishlaysizmi?

-  Yana bir oy davomida o'yinlar bor. Bu  mavzuda hali gaplashmadik. Dekabr oxiriga qadar shartnomam bor. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика