Viktor Kumikov: “Uchta gol o'tkazdik, tabiiyki o'yindan ko'nglim to'lmadi”
18 mar 2017 21:11
Yangiliklar
Viktor Kumikov: “Uchta gol o'tkazdik, tabiiyki o'yindan ko'nglim to'lmadi”
Jizzaxning “So'g'diyona ” jamoasi bugun o'z maydonida “Olmaliq” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan so'ng “Olmaliq” murabbiyi Viktor Kumikov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Xatolarimiz ustida ishlashda davom etamiz. Yosh bolalarcha xato qildik va natijada gollar o'tkazib yubordik. Uchta gol o'tkazib yubordik, tabiiyki o'yindan ko'nglim to'lmadi. Hali ko'p ishlashimiz kerak. O'ylaymanki keyinchalik hammasi yaxshi bo'ladi", - deydi Kumikov.
“So'g'diyona” matbuoti xizmati
Fikrlar