So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Viktor Kumikov: "Turkiyada Ruminiya, Serbiya va Qozog'iston klublariga qarshi o'ynaymiz" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Turkiyada Ruminiya, Serbiya va Qozog'iston klublariga qarshi o'ynaymiz"

AGMK ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.

Yig'in jarayoni va navbatdagi chempionatda kutilayotgan o'zgarishlar xususida jamoa ustozi Viktor Kumikov fikrlari bilan qiziqdik.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 14 dekabrdan boshlagan edik. Dastlabki bosqichda futbolchilar ikki hafta davomida jismoniy tayyorgarlik borasida mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Ilk yig'in Toshkent viloyati tog'li hududida joylashgan "Oltin olma" majmuasida tashkil etildi. 2017 yilda jamoamiz sharafini himoya qilgan bir necha futbolchi bilan do'stona xayrlashdik. Dastlabki o'quv-mashg'ulotlarimizda bir necha yangi futbolchilar ham ishtirok etishdi. Ayni damda AGMK uchun yangi bo'lgan mahalliy futbolchilar jamoaga kirishib ketishdi. 28 yanvarga qadar davom etadigan yig'inda legioner futbolchilarni saralab olishni maqsad qilganmiz, deya so'z boshladi Viktor Balyutovich.

-  Jamoa bu yig'in davomida kimlar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi?

- 10 yanvar kuni bu yil hisobidan ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. OFK kubogi bahslariga hozirlik ko'rayotgan Bishkekning "Dordoy" jamoasi bilan kuch sinashdik. Keyingi uchrashuv 15 yanvarda Ruminiya birinchi ligasi vakili "Politexnika" bilan bo'ladi. 19 yanvarda sobiq jamoam bo'lmish Qarag'anda shahrining "SHaxtyor" jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. 23 yanvarda Ruminiya oliy ligasi vakili "Konkordia" va 27 yanvarda Serbiyaning "Spartak Subotica" jamoasi sparring raqib bo'ladi.

- Bu yildan O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarni yangi formatda o'tkazishni rejalashtirmoqda. SHuningdek, musobaqa reglamentida ham bir qator o'zgarishlar bor. Bu borada fikringizni bilmoqchi edik.

- Darhaqiqat, bu yildan yuqori liga formati tubdan o'zgarishi borasida xabardor etildik. Bu kabi tizimda Qozog'istonda faoliyat yuritgan davrimda ko'p bora musobaqalarda ishtirok etganman. 12 jamoalik format o'z kuchida qoladigan bo'lsa, har bir uchrashuv murosasiz o'tishiga shubha yo'q. Bu tizimda o'tkinchi o'yinlar keskin kamayib ketadi. Ikkinchi bosqichda ham har bir ochko muhim bo'ladi. Asosiysi yuqori o'rinlar uchun bir necha jamoada imkoniyat paydo bo'ladi. Reglamentdagi o'zgarishlar borasida nima deyishim mumkin. Bu ham O'zbekiston futboli rivojiga o'z hissasini qo'shishiga umid qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика