Viktor Kumikov: "O'ylaymanki, guruhdan bemalol keyingi bosqichga chiqamiz"
19 mar 2022 23:26
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "O'ylaymanki, guruhdan bemalol keyingi bosqichga chiqamiz"
Unga ko'ra, “Andijon” “E” guruhida “So'g'diyona”, “Aral Samali” hamda “Yangier” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu qura borasida andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov quyidagicha munosabat bildirdi.
- Bizning guruhimiz unchalik kuchli emas. O'ylaymanki, bu guruhdan bemalol keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin.
Albatta, guruh favoriti “So'g'diyona”. Ular tarkib bo'yicha ham har jihatdan tajribali hisoblanadi. Qolgan pro liga klublari ham bir xil imkoniyatga ega.
Bizning asosiy maqsadimiz Superligaga chiqish. Lekin O'zbekiston Kubogida ham ishtirok etish qiziqarli. Bizga qura omadli keldi, sababi guruhimizga Superligadan faqat bir jamoa tushdi. Biz Kubok bahslarida ham oxirigacha kurashamiz. Aslida bizga qaysi guruhdan joy olishimizning farqi yo'q edi. Bir so'z bilan aytganda, quradan qoniqdim, - deya fikr bildirdi, Viktor Balyutovich.
Fikrlar