So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  0 15:38Роналду – энг яхши!  5 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  7 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  7 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0

Viktor Kumikov: "Oxirgi turdagi "Turon" bilan bahsga qadar vazifani bajarishimiz kerak" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Oxirgi turdagi "Turon" bilan bahsga qadar vazifani bajarishimiz kerak"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Andijon" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.





"O'yin golgacha bo'ldi, ammo hech kim gol ura olmadi. Bugun futbol kamroq bo'ldi, asosan kurash kechdi. Ular medallar uchun harakat qilishmoqda, biz esa ligada qolish uchun. SHu bois qiziq kechdi. Bugun chap qanotimiz "yo'qolib qoldi". Azamat Isroilov va Abdug'ani Kamolov bugun o'ynay olishmadi. Isroilov shamollab qoldi, Kamolovda esa kichik jarohat. Balki FIFA kunlari vaqtida ular safga qaytishar.

Agar ular bo'lganida Usmonali hujumda o'ynardi. O'yin oxirida tavakkal qildik, ikki hujumchi bilan o'ynadik. Umuman olganda natija o'yinga mos bo'ldi", - deydi Viktor Kumikov.

- O'yindan qoniqdingizmi?

- Yigitlarning intilishidan qoniqdim, ammo Qosimov, Toirov, Vasilev, Sohibjonovdan qoniqmadim. Sen yarim himoyachi bo'lsang hech bo'lmasa to'g'ri pas berishing kerak. Usmonali hujumga o'tganidan keyin to'p uchun hech bo'lmasa kurashdi. Intilishga yana ozgina mahorat qo'shilganida yaxshi bo'lardi. "So'g'diyona" bekorga ikkinchi o'rinda ketmayapti, oldinda bizni "Lokomotiv", "Nasaf" va AGMK kabi klublar kutib turibdi. SHu bois oxirgi turdagi "Turon" bilan bahsga qadar vazifani bajarishimiz kerak. Aks holda so'nggi turda hech nima hal bo'lmay qolishi mumkin.

- FIFA kunlari tufayli ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi. Bu jamoaga tasir qiladimi?

- Yo'q, yo'q. Aksincha aytganimdek bizda futbolchilar yo'q. Agar bugungidek tarkib bilan "Lokomotiv"ga qarshi o'ynasak yutqazib qo'yamiz. Safdan chiqqan futbolchilar tezroq qaytishlarini kutamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика