Viktor Kumikov: "Olti ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"
29 apr 2022 21:08
Yangiliklar


Viktor Kumikov: "Olti ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"
O'yin haqida
"O'yin haqida fikrim shunday, bahs olti ochkolik edi. G'alaba qozondik. Bilasiz, ikki jamoa ham oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Futbolchilar chiroyli bo'lmasada, jangovor o'yin namoyish etishdi. Ochig'i ikkita gol bo'lishini kutmagandim. Qaysidir jamoa bitta to'p kiritib g'alaba qozonishini taxmin qilgandim. Yigitlarga katta rahmat aytaman. Ular katta hajmdagi ishni bajardi",- deydi Kumikov.
- Qizil kartochka haqida...
- Hakamlar vaziyatni to'g'ri baholadi. Hech qanday etiroz yo'q.
- "Turon" qay darajada kuchli jamoa?
- Kuchli bo'lmaganida yuqori o'rinlarda yurmasdi. CHetlatishga qadar jamoalarning kuchi teng bo'lib turgandi. Keyin esa o'zgardi. Umuman olganda jamoalarning tarkibi, darajasida katta farq yo'q.
- Farhod Sohibjonovning almashtirilishi nima bilan bog'liq?
- CHunki charchab qoldi. Kerakli zonalarga yugurmadi. Aslida ilgariroq almashtirmoqchi edim. Ko'rinib turibdi ulgurmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar