So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Viktor Kumikov: “Himoyadagi yagona xato va futbolchimizning chetlatilishi o'yin taqdirini hal qildi” Yangiliklar

Viktor Kumikov: “Himoyadagi yagona xato va futbolchimizning chetlatilishi o'yin taqdirini hal qildi”

Coca-Cola Superliga 25-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin mezbon jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.




- Bugungi o'yinda xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Himoyani mustahkam ushlagan holda, hujumda imkoniyatlar yuzaga kelishini kutishimiz, raqibga bosim uyushtirishimiz kerak edi. Mudofaa chizig'idagi yagona xato va bir futbolchimizning chetlatilishi o'yin taqdirini hal qildi, - deydi Viktor Kumikov.

- O'yindan oldin raqib qay darajada o'rganilgandi?

- Barcha raqiblarni o'rganamiz. Ijrochilik mahorati ham kerak, faqatgina raqibni o'rganishning o'zi etarli emas. Umuman olganda, o'sha burchak zarbasi ijro etilgan pallada adashmaganimizda, vaziyat boshqacha tus olishi ham mumkin edi. Bir himoyachimiz to'pni o'tkazib yubordi, biri esa raqibini ko'zdan qochirdi. Bu esa o'yin taqdiriga tasir ko'rsatdi. Keyinchalik faqat durangga imkoniyat bo'ldi, ammo chetlatishdan keyin vaziyatni yanada chigallashtirdi. Aslini olganda, futbolchilarimiz kutilganidek o'yin ko'rsata olishmadi, derbida, “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda agressivlikni oshirish talab etilardi. Lekin ko'rganingizdek, kerakli darajada o'yin ko'rsata olmadik. O'yin uchun tuzgan rejalarimizda futbolchilarga aytgan narsalarimizni maydonda bajara olmadik.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика