Viktor Kumikov: “Futbolda eng muhimi g'alabaga erishish”
20 apr 2018 00:06
Yangiliklar
Viktor Kumikov: “Futbolda eng muhimi g'alabaga erishish”
“Buxoro” – AGMK (4:2) uchrashuvidan (4:2) keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Viktor KUMIKOV o'yin haqidagi fikrlarini quyidagicha bildirib o'tdi.
-Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. O'ttiz daqiqa ichida ikkita to'p kiritib oldinda borayapsan, yakunda qarasangi raqib to'rtta gol urgan. Bunday holatda aniq bir fikr bildirish qiyin. Fakt shuki, g'alaba qo'limizda edi va biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo jamoamizda ruhiy muammolar borligi ushbu bahsda ko'rinib qoldi. Raqib deyarli bir xil uslubda – qanotdan jarima maydonchamizga havolatib uzatilgan to'plardan keyin gollar urib, uch ochkoni ilib ketdi. Raqib haqida? Butun jamoa, ayniqsa, 60-daqiqadan keyin juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi.G'alabaga erishishdimi, demak yaxshi o'ynashdi. Futbolda g'alaba eng muhim jihat.
"Buxoro" matbuot xizmati.
Fikrlar