Viktor Kumikov: "Birgina xato qimmatga tushdi"
11 avg 2017 21:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/270719_original.jpg)
![](/upload/storage/270719_220.jpg)
Viktor Kumikov: "Birgina xato qimmatga tushdi"
Oliy liganing 17-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Olmaliq" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Viktor Kumikov ishtirok etdi.
- Bugun himoyadagi birgina qo'pol xato mag'lubiyatga olib keldi. Biz birinchi bo'limga o'rtoqlik o'yiniga tushgandek harakat qildik. Tanaffusdan keyin esa vaziyatni o'ngladik. Hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar bo'ldi. Ammo gol ura olmadik.
Ha, biz ikkinchi davrani ham birinchisi kabi boshladik. Yani muvaffaqiyatsiz. Bugun yomon o'ynagan holda ham mag'lubiyatdan qutilib qolishimiz mumkin edi. Bugun biz ko'proq ishongan futbolchilar xatoga yo'l qo'yishdi.
Keyingi o'yinlarda kerakli ochkolarni jamg'arishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar