So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Viktor Kumikov: "Beshinchi himoyachini maydonga tushirish? Hammasi songa emas, sifatga bog'liq" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Beshinchi himoyachini maydonga tushirish? Hammasi songa emas, sifatga bog'liq"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" (1:2) o'yinidan keyin mezbonlar ustozi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- O'yin oxirida ancha bo'shashdik. Uchrashuv tugashiga 4 daqiqa qolganida 1:0 hisobida yutayotgandik. Gol urish o'rniga 2 ta gol o'tkazib yubordik. Deyarli 1 daqiqada o'yin taqdiri butkul o'zgarib ketdi. 

- Futbolchilar g'alabaga sal vaqtli ishonib qolishdimi? 

- Bilmayman. Qarshilik ko'rsatishda sust harakat qildik. Hatto uzoqdan gol urgan futbolchiga shunchaki zarba berishga yo'l qo'yib berishdi. Raqib "aut" uloqtirganda o'yinchilarni yopish kerak. Biz esa birinchi kurashni ham, ikkinchi kurashni ham yutqazdik. O'yin bizning jarima maydonimiz tarafga ko'chib qoldi. Oldinroq "ogohlik qo'ng'irog'i" chalingandi, ammo bizni kechirishdi. Keyin esa gol urdik. Hammasi yaxshi davom etishi va ishonch paydo bo'lishi lozim edi, biroq bizda aksincha bo'ldi. Hech kim himoyaga yotib olishni aytmagandi. Negadir shunday qildik va shu tufayli mag'lubiyatga uchradik.

- Oxirgi 15 daqiqada nima ro'y berdi?

- Nima bo'ldi? Bilmayman. SHunchaki astoydil o'ynashimiz, raqibni qarshi hujumda tutishimiz kerak edi. 

- Himoyani kuchaytirish uchun beshinchi himoyachini maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?

- "Bunyodkor" bilan o'yinda himoyani kuchaytirish uchun beshinchi o'yinchini tushirgandik. Hammasi songa emas, sifatga bog'liq. 

- Pavel Zabelin deyarli yugurgani yo'q, maydonda shunchaki yurdi...

- Bizda yarim jamoa yurdi, faqat Zabelin emas. Uni almashtirganimizda, kimni tushirardik? Bizda teng kuchga ega ikki tarkib yo'q. Ko'pchilik yomon o'yin ko'rsatdi. Hammani o'zgartirib bo'lmaydi-ku!

- Endi nima bo'ladi? Keyingi raqib – "Paxtakor. 

- Ko'ramiz, nima bo'ladi. 

- Jamoa Superligada qoladimi-yo'qmi?

- Bugungi bahs o'ta muhim edi. Oxirgi ikki o'yinda raqobatchilarga mag'lub bo'ldik. Ko'ramiz, "Surxon" va "Turon" o'yinlariga ham bog'liq.

- 3 ta legioner jamoaga kerakmi? Nima deb o'ylaysiz?

- Biznikilar loyiqmi? SHunga javob bering. Hammasiga legionerlar aybdormi? Rahimqulov birga-bir vaziyatni urolmadi. Dimovni qarang, himoyadan undan kuchlirog'i yo'q, masalan. Vasilev terma jamoadan qaytdi, u shuning uchun o'ynamadi. Ikkinchi taymda tushirdik, samara keltirmadi. Pavel Zabelinning qo'l barmog'i singan, shu sababli u ham yaxshi o'ynolmadi. Hammada qandaydir muammo bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика