So’nggi yangiliklar

22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  8 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  94 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  9 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  43 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  8 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4

Viktor Karpenko: “Taqdirim “Bunyodkor” bilan bog'langan” Yangiliklar

Viktor Karpenko: “Taqdirim “Bunyodkor” bilan bog'langan”

Davralar oralig'ida “Bunyodkor” tarkibiga tajribali futbolchi Viktor Karpenko qaytib keldi.


Muxlislar Karpenkoning “Bunyodkor” safidagi o'yinlarini yaxshi eslashadi. Aynan u birinchi bo'lib “qaldirg'ochlar” tarkibida 200dan ziyod rasmiy o'yin o'tkazgan futbolchi bo'ldi.

Hozirgi paytda Karpenko hisobida 205ta uchrashuv bor. Undan 170tasini u asosiy tarkibda boshlagan. Viktor “Bunyodkor” libosida raqiblari darvozasini 38 marotaba ishg'ol qilgan. Bu borada u Anvarjon Soliev va Rivaldodan ortda qolmoqda xolos. Karpenko hamon ishonchli va saviyali futbol o'ynashda davom etmoqda.

Uning “qaldirg'ochlar” oilasiga qaytishi muxlislarda turli xil fikrlarni keltirib chiqardi: kimdur tajribali futbolchining “Bunyodkor”ga qaytganidan xursand, bazilar esa “fahriy” futbolchining yosh jamoaga qaytishini yaxshi tushunib etmadi.

Tomonlar bir-birlari bilan yana qanday til topishdi? Biz klub raxbariyati, bosh murabbiy va futbolchining bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

Baxtiyor Boboev, “Bunyodkor” FK bosh direktori: Viktor Karpenko jamoamiz uchun juda ko'p mehnat qilgan futbolchilardan hisoblanadi. U jamoadoshlari bilan bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritgan. Viktor futolchilik faoliyatini tugatish arafasida. Katta futboldagi uzoq yillik faoliyati mobaynida Karpenko boy tajribaga ega bo'lgan. Bunday ulkan tajribasi bor yigitlarni jamoamizda ishlashini va o'zbek futboli rivoji uchun o'z hissasini qo'shishini istaymiz. Viktor Karpenko futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham jamoa uchun xizmat qilishda davom etadi.

Sergey Lushchan, bosh murabbiy: Viktor hali futbolchi sifatida “Bunyodkor”ga foyda keltiradi. Biz u bilan gaplashib oldik. Uni vaziyatga qarab, imkoniyatdan kelib chiqib maydonga tushiramiz. Karpenkoning tajribasi yuqori, haqiqiy professional. Bundaylar mashg'ulotlar davomida jamoadagi boshqa futbolchilarning o'sib ulg'ayishida namuna bo'ladi.

Viktor Karpenko: “Bunyodkor” – men uchun qadrdon klub. Bu erda futbolchi sifatida ajoyib yillarni o'tkazganman. “Bunyodkor” bilan bir necha bor chempion bo'ldik va kubok sohibiga aylandik, shuningdek Osiyo CHempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli qatnashdik. Bir qancha afsonaviy futbolchilar bilan birga to'p tepdim. Boshqa jamoalarda o'ynab yurgan kezlarimda ham “Bunyodkor”ga befarq bo'lmaganman. Jamoa o'yinlariga kelardim, raxbarlar va futbolchilar bilan suxbatda bo'lardim. Qadrdon klubimga qaytganimdan juda-juda xursandman. “Bunyodkor”ning muvafaqiyatlari uchun qo'limdan kelganicha hissa qo'shishga tayyorman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика