Viktor Karpenko: "Ilk daqiqalardan negadir shoshildik va hayajonlandik"
02 avg 2022 13:39
Yangiliklar
Viktor Karpenko: "Ilk daqiqalardan negadir shoshildik va hayajonlandik"
"So'g'diyona"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi va shakllangan jamoa ekani ko'rinib turibdi. Ular o'z o'yinini namoyish etishdi. Biz esa yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik.
Ilk daqiqalardan negadir shoshildik va hayajonlandik. Balki shu bois o'yinimiz o'xshamagandir. Vaziyatlar yaratdik, ammo chetlatish barcha rejalarimizni barbod qildi. Futbolda bunday holatda moslashish kerak. Umuman olganda ikkinchi taymda o'zimizga-o'zimiz gol urdik va mag'lub bo'ldik.
Bekor qilingan golimiz? VAR bor, uni ko'rib o'tirishadi. Ishonamanki agar ofsayd bo'lmaganida golimiz inobatga olinardi, agar qizil bo'lmaganida chetlatish bo'lmasdi. Hakamlarning ishiga aralashmaymiz. Uchta gol ur va hech qaysi hakam hech nima qila olmaydi", - dedi Viktor Karpenko.
Fikrlar