So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  7 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  20 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

Viktor Jalilov: "Yigitlar bugungi g'alabani Odil Ahmedovga bag'ishlashdi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Yigitlar bugungi g'alabani Odil Ahmedovga bag'ishlashdi"

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan keyin "lochinlar" bosh murabbiyi Viktor Jalilov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Mashal" jamoasiga qarshi o'ynash hamma jamoalarga qiyin bo'lmoqda. Ularga qarshi shunchaki o'yin o'tkazganimizni eslolmayman. "Mashal"da ishlab, "Navbahor"ga qarshi o'ynaganimizda ham shunday holat kuzatilgandi. Bugun omad biz tomonimizda bo'ldi. O'tgan yili ushbu jamoaga ikkita o'yinni boy bergandik, shu noxush ananani buzganimizdan xursandman. Yigitlarga matonat ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman. Abbosjon G'ulomov o'yinning so'nggi daqiqalarini jarohat bilan o'tkazdi. Asosiysi, uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashni uddaladik.

- Jismoniy tayyorgarligimizda ijobiy holat kuzatilmoqda. Aniq malumotlarni hozir alohida keltirib o'tmayman. Ivan Solovyov bugungi o'yinga jarohat bilan tushdi. "Nasaf"ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida uni maydonga tushirmagandik, bugungi o'yinga asragandik. Bugun esa ukol bilan maydonga tushdi, o'ynashni o'zi xohladi. Jamoa 2:0 hisobida oldinda borayotganda, psixologik tomondan hisobni saqlab qolishga intiladi.

- Bugungi raqibimizni yaxshilab o'rgangandik. Videotahlillardan tashqari, statistik malumotlariga ham etibor qaratdik. Bugun raqib uch hujumchi bilan o'ynagan bo'lsada, ulardan kam hujum uyushtirmadik. Hamma gap hujumchining maydonda nechtaligida emas.

- SHuni alohida takidlamoqchimanki, yigitlar bugun g'alaba qozonib, ushbu g'alabani Odil Ahmedovni qo'llab-quvvatlashga bag'ishlashlarini aytishdi. Odilning termamizga yana foydasi tegishi aniq edi, lekin u milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini bildirdi, - dedi Viktor Jalilov.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика