So’nggi yangiliklar

10:10Рафинья Неймар, Кака, Ривалдо рекордини янгилади  0 09:54Суперлиганинг илк турида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди?  2 09:41Суперлиганинг 2-турида ишлайдиган расмийлар билан танишинг  3 09:33«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин  3 09:04«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 08:35Харри Кейн тарихий натижани қайд этди  2 08:10Элит ОЧЛ. "Пахтакор" сафарда "Ал-Ҳилол"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди.  10 08:02Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:33"Пахтакор" бош мураббийи ўйиндан кейин нималар деди?  16 03:45ЕЧЛ. ПСЖ пенальтилар сериясида "Ливерпул"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди. "Бавария" ва "Интер" ҳам чорак финалда  129 03:05Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" ўз майдонида "Пахтакор"га тўртта гол урди  159 00:45ЕЧЛ. "Барселона" жавоб ўйинида "Бенфика"га ҳеч қандай имконият қолдирмади ва чорак финалга йўл олди  86 23:42"Пахтакор" ва "Ал Ҳилол" ўзаро ўйинлар тарихи  6 23:41"Барселона" – "Бенфика" учрашувида рўзадор футболчилар оғиз очиб олиши ўйин тўхтатиб турилди  17 23:25Фримпонг "Барса" ёки "Реал"га ўтмоқчи  6

Viktor Jalilov: "Samvel Babayan bilan amalga oshirayotgan ishlarimiz viloyat futboliga ham foyda berishiga ishonaman" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Samvel Babayan bilan amalga oshirayotgan ishlarimiz viloyat futboliga ham foyda berishiga ishonaman"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta, birinchi navbatda natijadan xursandman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, "So'g'diyona" bilan bugungidan yaxshiroq o'yin ko'rsatgandik. Bugun yomonroq o'yin bilan g'alabaga erishdik. Jamoada shakllanish davri ketmoqda, bugun ham zaxiradan maydonga tushganlar o'yinga kirishib ketishdi. Raqib jamoaning tarkibi ancha shakllanib ulgurgan, ularning tarkibidagi 70 foiz futbolchilarni yaxshi taniymiz, bilamiz. Bizda "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ham o'yinimiz qovushmagandi, bugun ham shunday bo'ldi. Umuman olganda, bugungi o'yin uchun futbolchilarga rahmat aytmoqchiman, ular iroda ko'rsatib, g'alabaga erishishdi

 Vaziyat shuni taqozo etdiki, asosiy tarkibda maydonga tushadigan yaqqol hujumchi G'anixonov va O'rinboev bor. Ibrohim jarohatdan endi tuzalgani sabab bugun nari borsa 30 daqiqa o'ynay olardi xolos. Ammo aynan uning maydonga tushishi sababli o'yinimiz sezilarli kuchaydi. Lekin o'yin boshidan sifatli hujumchini maydonga tushirish imkonimiz bo'lmagani sabab, boshlang'ich tarkibda o'zgarish qilishga to'g'ri keldi. Buni to'g'ri tushunib turibmiz, vaziyatni o'zgartirish choralarini topishimiz kerak.

 Har bir jamoada, u oxirgi o'rinda borayotgan bo'lsa ham, doimo tarkibida sifatli futbolchilari bo'ladi. "Lokomotiv"da ham shunday futbolchilar ko'p. Ulardan qaysi birini "Navbahor" tarkibida ko'rishni istayotganim haqida biror nima deyolmayman. Hammasi transferlar amalga oshiriladigan davrda hal bo'ladi.

O'tgan o'yindan keyin ham aytgandim, hozir ham etakchilar bilan oramizdagi farq katta emas. Endigina ikkinchi davraning ikkinchi o'yinini o'tkazdik. Qandaydir muammolar borligiga qaramay, bugungi o'yin jamoa har qanday vaziyatda uchrashuvlarda g'alaba qozonishi mumkinligini ko'rsatdi. Futbolchilarning jismoniy holatiga kelsak, bu borada hech bir ko'rsatkich borasida hech qaysi jamoadan ortda qolmayapmiz. Avvalgi o'yinda ham, bugun ham so'nggi daqiqalarda besh-olti nafar o'yinchimizning oldinga o'tganiga guvoh bo'ldik. Agar ular charchab qolishganda, hujumga o'ta olishmasdi.

Samvel Babayan terma jamoani boshqargan mutaxassis sifatida katta tajribaga ega. Qaysidir jihatlar bo'yicha jamoada o'zgarishlar bo'lmoqda. Birgalikda amalga oshirayotgan ishlarimiz, nafaqat jamoaga, balki viloyat futboliga yordam berishiga ishonaman.

 Hozirda jamoada shartnomam bor. Uni uzaytirishni xohlashsa, uzaytiraman. Asosiysi, klub murabbiydan, murabbiy esa klubdan rozi bo'lsin. Avvallari istefoga chiqarishganda ham kompensaciya so'ramaganman, ishim yoqmagan shekilli, shuning uchun ishdan bo'shatishdi.

Qachonki, "Navbahor" turnir jadvalida 2-3-o'rinlarga ko'tarilsin, shunda jamoa chempionligining 25 yilligiga bag'ishlab har qanday o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilishiga roziman, - deydi Viktor Jalilov.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика