So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Viktor Jalilov: “O'yin va mahorat borasida shogirdlarim ustunliklarini namoyish etishdi” Yangiliklar

Viktor Jalilov: “O'yin va mahorat borasida shogirdlarim ustunliklarini namoyish etishdi”

Teglar :  Viktor Jalilov
Coca Cola O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Oq-tepa” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Viktor Jalilov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Albatta bu futbol va unda ayniqsa, kubok bahslaridan natijani oldindan aytish qiyin. Oldingi o'yinlardagi natijalardan keyin futbolchilarimizning ruhiy holatlari yaxshi emasdi hamda bu o'yin davomida ham sezilib turdi. SHogirdlarimni qo'llab-quvvatladik, madad berdik. SHunday bo'lsa-da, futbolchilarda xato qilishdan qo'rqish kuzatildi. Ammo baribir, Superliga va Pro-liga jamoalari o'rtasida farq bor va bu yakunda urilgan gollarda o'z aksini topdi. 

- Nima uchun birinchi bo'limda jamoaning o'yini unchalik qovushmadi? SHuningdek, serbiyalik futbolchilar nima uchun maydonga tushishmadi?

- Serbiyalik legionerlarimizning turli darajadagi jarohatlari borligi sababli, maydonga tusha olishmadi. SHuningdek, Davron Hoshimovda ham biroz jarohat bor edi. SHuning uchun tavakkal qilishni xohlamadik va ularni maydonga tushirmadik.

  Birinchi bo'limda o'yin asabiy tarzda kechdi. Bunga esa takidlaganimdek, yigitlarning ruhiy holatlari ham o'z tasirini o'tkazdi. SHunday bo'lsa-da, jamoamizda har ikki bo'limda ham ko'plab xavfli vaziyatlar yuzaga keldi,

faqat ulardan foydalanishda yigitlar biroz oqsashdi.

SHuningdek, o'yin va mahorat borasida ham shogirdlarim ustunliklarini namoyish etishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика