So’nggi yangiliklar

09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  8 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  6 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0

Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o'yini bo'lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o'yini bo'lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Viktor Jalilov o'z fikrlarini bildirdi.

- Birinchi navbatda, muxlislarimizdan uzr so'ramoqchiman. Juda yomon o'yin o'tkazdik. Joriy mavsum bunday yomon o'yin o'tkazmagandik. Albatta, bu holatimiz yaxshi emasligimizdan dalolat. To'pni yo'qotishdan qo'rqish, to'p o'tkazib yuborishdan hayiqish kuzatilmoqda. AGMK va "Lokomotiv" bilan bahslardagi o'yin yo'q. Bularning bari ruhiy holat bilan bog'liq deb o'ylayman, - deydi Viktor Jalilov "Navbahor" matbuot xizmatiga.

- Raqib yaxshi shakllangan jamoa. "So'g'diyona" bilan o'yinda mojaroli gol o'tkazib yuborishgandi, "Lokomotiv" bilan o'yinda g'alabani boy berishgandi. "Turon"dagi tashkilotchilik va o'yindan kelib chiqsak, uning hozir egallab turgan o'rni o'ziga mos emas. Albatta, bugungi xatolarni o'rganib chiqamiz, kamchiliklarni bartaraf etamiz. Jamoamizning uchta o'yindan buyon g'alaba qozonmayotgani, ishonchning yo'qolayotganidan dalolat. Bu ruhiy holat bilan bog'liq. Agar bugun darvozabonimizning mustahkam o'yini bo'lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi.

- AGMK va "Paxtakor" bilan o'yinlardan keyin futbolchilarimizning o'ziga ishonchi ortishiga umid qilgandik. Ammo afsuski, futbolchilarimizda o'zlariga ishonch etishmayapti. Bu meni ham hayron qoldirmoqda. O'rta chiziq va hujumdagilar negadir o'zlarini ko'rsata olishmayapti.

- Hujumchilar masalasidagi savolga vaziyatning o'zi javob berib turibdi. 6 ta o'yinda o'yindan atigi 2 ta gol urdik. Panshanbe va Isoqjonovning gollaridan boshqa gol urolmadik. SHundan ham muammo ko'lami qandayligini bilib olish mumkin, - deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov.

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика