So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13

Viktor Jalilov: "Bir mavsumda 30ta o'yin o'tkazish kam" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Bir mavsumda 30ta o'yin o'tkazish kam"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Turon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirdi.




 Og'ir o'yin bo'ldi. Albatta, bugun omad ham biz tomonda bo'ldi. Zaxira almashishlari orqali o'yinni kuchaytirishga urinishimizga qaramay, ikkinchi bo'limda vaziyatlar yarata olmadik. Bu maydonda "Qo'qon-1912" bilan o'tgan o'yinimizdan ko'ra qiyinroq o'yin o'tkazdik bugun. "Paxtakor" bilan o'yindan keyin safarda yana bir uchrashuv o'tkazdik. SHu bois, futbolchilarimizda charchoq sezildi, - deydi Viktor Jalilov.

- O'yinga alohida reja tuzamiz. Kim qanday tayyorgarlikka ega bo'lsa, poziciyalarda samara keltira olsa, o'sha futbolchi maydonga tushadi. Kosta Guttiner Qarshidagi o'yinimizda ham zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirgandi. Albatta, tarkibda rotaciya qilinadi. Bu murabbiylar shtabining qarori, kimning asosiy tarkibda maydonga tushishini murabbiylar hal qiladi.

- Solovyovning jarohati bor edi. Uning o'zi kuchim etganicha o'ynayman, maydonga tushaman degani uchun maydonga tushirgandik. Jarohati qiynagani uchun uni almashtirdik. Muxlislarning qaytgani ham o'yinning shiddatiga ijobiy tasir o'tkazadi, albatta. Ularning borligi ham futbolchilarga kuch bag'ishlaydi.

- Bir mavsumda 30 ta o'yin o'tkazish bu kam. Mavsum davomida kamida 40 ta o'yin bo'lsa yaxshi bo'lardi.

- Qisqa muddatda ko'p o'yin o'tkazish futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatiga tasir o'tkazadi. Ularning maydonda keraksiz paytda sariq kartochka olishlari ham shu bilan bog'liq deb o'ylayman. Faqat bir hujumchi bilan o'ynayotganimiz sababi, yarim himoyadagi boshqa futbolchilar ham hujum payti yagona hujumchini qo'llab-quvvatlashadi, shunday ekan, oldinda hujumchilar sonining nechtaligi muhim ahamiyat kasb etmaydi, - deya fikrlarini yakunladi Viktor Romanovich.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика