So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Viktor Borisov 74 yoshida vafot etdi Yangiliklar

Viktor Borisov 74 yoshida vafot etdi

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Viktor Vasilevich Borisov 74 yoshida vafot etdi.

Viktor Borisov 1941 yil 17 oktyabrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini “Yangier” klubida boshlagan, ammo, jarohat tufayli futbolchilikni erta yakunlashiga to'g'ri keldi.

Borisov murabbiylik faoliyatini “Toshkentkabel” klubida boshlagan. 1979 yili Jizzaxning “Bo'ston” klubini qabul qilib, uni sobiqittifoq chempionatining 1 ligasiga olib chiqdi. Buning uchun “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” unvonini oldi.

1980 – 1982 yillarda Viktor Borisov Moskvadagi “Murabbiylar oliy maktabi”da o'qidi. 1984-1985 yillarda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishladi.

1988-1990 yillarda Borisov “Paxtakor” murabbiylar shtabida ishladi. O'zbekistonning mustaqil chempionati tashkil qilingach, Jizzaxning “So'g'diyona” klubi bosh murabbiyi bo'ldi. U boshchiligida, Jizzax klubi 1993 yili chempionatning bronza medallari egasiga aylandi.

1997-1998 yillarda Viktor Vasilevicht “Nasaf”da ishladi. 1998 yili O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ish boshladi. 2000 yili O'zbekiston terma jamoasini bir o'rtoqlik o'yinida boshqarishga muvaffaq bo'ldi.

Viktor Borisov faoliyatining eng yuqori cho'qqisi – O'zbekiston yoshlar terma jamoasini jaxon chempionatiga olib chiqish bo'ldi. Ammo, chempionat final bosqichida termamizni germaniyalik murabbiy X.YU.Gyodega topshirildi, Borisov unga yordamchilik qildi. Mundialni yoshlar terma jamoasi guruh bosqichida yakunladi.

Viktor Vasilevich Borisov umrining so'nggi yillarida Rossiyada istiqomat qildi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика