So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  22 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  9 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  0 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  3 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Viktor Aleshnikov: "SHo'rtan"ning maqsadi faqat Superliga" Yangiliklar

Viktor Aleshnikov: "SHo'rtan"ning maqsadi faqat Superliga"

Superliga jamoalaridan so'ng, kuni kecha O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga "A" guruhi ishtirokchilari ham yangi mavsumni boshlab yuborishdi.

2019 yilda o'z oldiga eng yuksak maqsad - yana Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi o'zining ilk uchrashuvida liga debyutanti - Toshkentning "Oq tepa" futbolchilarini sinovdan o'tkazdi. Mavsumning birinchi o'yinini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan "Oq bo'rilar" jamoasi zafar quchdi va o'z hisobiga dastlabki qimmatli uch ochkoni yozib qo'ydi. Demak, "SHo'rtan" Superliga sari dadil va muvaffaqiyatli qadamini tashladi. Mazkur uchrashuv yakuniga etgach, jamoa matbuot xizmati xodimlari klub bosh direktor Viktor Aleshnikov bilan muxtasar suhbat uyushtirishdi:

- Futbol bo'yicha XXVIII O'zbekiston Milliy Birinchiligining yangi mavsumni ham boshlab oldik. “SHo'rtan” va “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv to'g'risida fikringiz?
- Avvalom bor G'uzor halqini, futbol muxlislarini kirib kelgan "Navro'z" ayyomi bilan muborakbod etaman. 3 aprel kuni G'uzor “Markaziy” o'yingohida futbol bo'yicha 2019 yilgi PRO-Liga “A” guruxi 1-turining ochilishi marosimi oldidan, futbol muhlislarining kayfiyati yanada ko'tarinki bo'lishi uchun koncert dasturi tashkil etildi. G'uzor tuman hokimi, tuman futbol Associaciyasi prezidenti Sadulla Abdullaevich Babaqulov “Oq bo'rilar” jamoa muhlislarini bayram bilan tabrikladi va har ikkala futbol jamoalariga omad tilab yangi mavsum musobaqasiga start berdi.

Bu yilgi mavsumni sevimli jamoamiz yana O'zbekiston Milliy Birinchiligi PRO-Liga “A” guruhida boshladi. “SHo'rtan” ilk o'yinda Toshkent shahrining “Oq-tepa” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alaba bilan barchani chin dildan tabriklayman.



- “SHo'rtan” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Kovshovning qisqa muddatda erishgan birinchi muvaffaqiyatini qanday baholaysiz?
- Ha, albbata, bosh murabbiy Sergey Kovshov Respublikamiz futbolida tajribali murabbiylardan biri hisoblanadi. O'z vaqtida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida yaxshi o'yinlari bilan futbol muxlislari hurmatiga sazovor bo'lgan. Biz uchun quvonarli tomoni shundaki, u 2007 yilda ham “SHo'rtan” jamoasida ishlagan edi. Demoqchimanki, G'uzor futboli uchun Sergey Kovshov begona emas.

Talabchan murabbiy, futbol sir-asrorlarini yaxshi o'zlashtirgan, texnik va taktik usullarni yangilashda o'z hususiyatiga ega bo'lgan tajribali mutaxassis. 1-tur o'yinida bosh murabbiy jamoani yaxshi boshqardi va futbolchilarni yangi mavsumga jiddiy tayyorlagani sezilib turdi.

- “Oq bo'rilar” jamoasining oldiga 2019 yilda qanday maqsad qo'yilgan?
- Futbol bo'yicha XXVIII O'zbekiston Milliy Birinchiligi PRO-Liga “A” guruxida ishtirok etayotgan jamoamiz oldiga 2020 yilda Superligaga chiqish vazifasi eng asosiy maqsad qilib qo'yildi. Bu borada jamoamizning bosh homiyisi“SHo'rtanneftgaz” MCHJ rahbariyati, shaxsan bosh direktor SHokir Davlatovich Jabborov bizni har tomonlama qullab-quvatlab turibdi.

Yana bir eng katta yutug'imiz bu jamoamiz tarkibini 40-45 foizini mahaliy yoshlarimiz, “SHo'rtan” PFK qoshida faoliyat ko'rsatayotgan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari tashkil etmoqda. Hozirgi vaqtda jamoa tarkibida Nurali Padarov, Akrom Bahromov, Islom SHodmonov, Akmal Rahimov, Farhod Nomozov, Yusuf Bo'riev, Og'abek Erkinov, Islom Boysariev, SHerbek Eshmurodov kabi umidli yoshlar va tajribali futbolchilar to'p surishmoqda.



- SHu yaqin vaqt ichida “SHo'rtan” futbol klubi o'z akademiyasiga ega bo'ladi degan gap-so'zlar tarqalgan edi. Ushbu masalaga ham oydinlik kiritib o'tsangiz.

- Ha, bu gap-so'zlar shunchaki emas. Haqiqatdan ham bor gap. G'uzor futbol maktabi o'z binosi - “SHo'rtan" PFK Akademiyasiga ega bo'ldi. Xudo xohlasa ushbu futbol maskanida “Oq bo'rilar” jamoasining bo'lajak qaldirg'ochlari kamolga etadi. Ularga millionlar o'yini sir-asrorlaridan mukammal saboq berish, etuk futbol yulduzlari qilib tarbiyalash yo'lida Akademiyamizga tajribali mutaxassislarni jalb etib boryapmiz. Bu masalaning ham quvonarli, kerak bo'lsa yutuqli tomoni shundaki, o'sha futbol murabbiylarining ham aksariyat qismini o'z vaqtida "SHo'rtan" jamoasida faoliyat ko'rsatgan g'uzorlik mutaxassislar tashkil qilmoqda. Hech shubha yo'qki, Akademiyamizning ertangi kun tarbiyalanuvchilari, yuzimizni yorug' qilib, O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarib, hilpiratib yurishadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика