Vidal "Barselona"ga?

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 21:23
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Barselona"ga o'tishi mumkin.

"Sport.es" xabariga ko'ra, "Barselona" chililik futbolchi bilan muzokaralarni bir hafta oldin boshlab yuborgan va futbolchi bilan kelishib ham qo'ygan. Kataloniyaliklar uni o'z safiga qo'shib olish uchun 30 mln evro to'laydi.

U yaqin vaqtlarda jamoada tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Barselonaga uchib ketadi. Oldinroq 31 yoshli xavbek "Inter" bilan kelishib qo'ygani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es