Vialli: “Bu mavsum “Yuventus”ga oson bo'lmaydi”
11 okt 2020 20:50
Yangiliklar


Vialli: “Bu mavsum “Yuventus”ga oson bo'lmaydi”
Italiyalik sobiq forvardi Janluka Vialli turinliklar haqida fikr bildirdi.
Vialli 1992-1996 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya etgan.
“O'ylashimcha, bu yil “Yuventus” uchun qiyin bo'ladi, ammo bu murabbiy o'zgargani uchun emas. Qatorasiga 9 yil Skudettoni qo'lga kiritish, seni xotirjam qilishi mumkin. Jamoa hech narsa yutmagandek mashg'ulot o'tkazishi va hech qachon mag'lub bo'lmagandek o'ynashi lozim. Biroq, endi menimcha, boshqalar kurashishga tayyor turibdi.
Qaysi jamoa g'olib bo'lishimi bilmayman, lekin bu safar hech kim “Yuventus” osonlik bilan chempionatni yutishini tomosha qilib turmaydi. Kurash yanada shiddatliroq bo'ladi”, deydi Vialli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar