Vetnamga yana uchta gol urdik
15 noy 2013 18:57
Yangiliklar

Vetnamga yana uchta gol urdik
Osiyo Kubogi-2015 saralashi doirasidagi Vetnam - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
O'yinning 4-daqiqasida Igor Sergeev raqib jarima maydoni ichida darvozaga zarba berdi, to'p yo'liga raqib posboni to'g'anoq bo'ldi. Vakillarimiz yana bir hujum tashkil etishdi, ammo o'ng qanotdan boshlangan hujum oxiriga etgani yo'q. 10-daqiqada Anzur Ismoilov maydon markazida raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi. 12-daqiqada vakillarimiz yaxshi hujum tashkil etishdi. Vitaliy Denisovning qanotdan uzatgan to'pidan so'ng Tursunov to'pni orqaroqdagi sherigiga uzatdi, berilgan zarbadan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi. Raqiblar o'yindagi ilk burchak to'pini 15-daqiqada ega bo'lishdi, himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi. 18-daqiqada Vitaliy Denisovning faolligi evaziga raqib darvoza oldida xavfli vaziyat sodir etildi. Tursunovning erlatib yo'llagan zarbasini posbon egallab oldi. 20-daqiqada Odil Ahmedov o'z jarima maydoni ichida to'pni olib qo'yib oldinga o'tdi, raqiblar uni maydon markazida qo'pollik bilan to'xtatishdi. 25-daqiqada Jeparov burchak to'pini amalga oshirdi, Sergeev uzoq ustun yonidan to'pni markazdagi sherigiga tashladi. Vohid SHodievning boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi. 32-daqiqada vetnamliklar qarshi hujumga o'tishdi, Anzur Ismoilov va Eldor Suyunov birgalikda bu hujumni qaytarishdi. 34-daqiqada Vohid SHodiev o'yindan tashqari holatda turib gol urdi, hakam tabiiyki golni inobatga olmadi. 37-daqiqada Luong Vitaliy Denisovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Navbatdagi hujum vaqtida Jeparovning pasidan so'ng Igor Sergeev to'pga eta olmadi. 42-daqiqada hisob ochildi. Vetnam posboni Bun Tan Truong to'pni kutilmaganda qo'lidan chiqarib yubordi, uni yonida turgan Vohid SHodiev osonlik bilan gol urdi - 0:1. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Tursunov o'ng qanotda faol o'ynadi va burchak to'pini ishladi. Odil Ahmedovning zarbasi noaniq bo'ldi va shu bilan dastlabki bo'lim yakunlandi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi. 47-daqiqada hisob o'zgardi. Jeparovning pasidan so'ng Igor Sergeev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:2. 52-daqiqada raqib posboni o'z himoyachisi va Igor Sergeev bilan to'qnashib ketdi. Natijada Nxien maydonni tark etdi va uni o'rniga boshqa futbolchi tushdi. Jeparovning jarima to'pidan oshirib bergan to'pini Sergeev darvozaga yo'lladi, xavfli, ammo noaniq. Keyingi hujumda esa bo'sh darvozaga zarba berilmadi. 61-daqiqada Vetnamning hujumi, Xoangning zarbasi o'ta noaniq ketdi. 66-daqiqada Jeparovning pasidan so'ng Vohid SHodiev to'pni darvozaga kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Sardor Rashidov chap qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirdi va burchak to'pi ishladi. Jeparov amalga oshirib bergan burchak to'pidan so'ng darvozabon xavfni bartaraf etdi. 74-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jamshid Iskanderov raqib jarima maydoni ichida himoyachini aldab o'ta olmadi. 76-daqiqada Rashidovning kuchli zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, qaytgan to'pni vakillarimizga nasib etmadi. 78-daqiqada Jeparov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. 79-daqiqada Igor Sergeev 16 metrlardan darvoza tomon zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 80-daqiqada Jamshid Iskanderov maydon markazida uch nafar raqib qurshovidan chiqib ketdi va to'pni qanotga oshirib berdi. Rashidovning zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib chiqib ketdi. Vakillarimiz o'yin so'nggida chiroyli o'ynashga intilishmoqda. 85-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev hujumda paydo bo'lib zarba berdi, noaniq. 88-daqiqada Sardor Rashidov chap qanotdan darvozani nishonga olishga urindi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 89-daqiqada Islom To'xtaxo'jaevning chiroyli pasidan so'ng Sardor Rashidov to'pni o'ziga yaxshi bo'ysundirib darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 0:3. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi. 90+2-daqiqada vetnamliklar sardori Tan Tai Anzur Ismoilovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Uchrashuv shu hisobda yakunlandi va O'zbekiston o'z ochkolarini 7taga etkazib oldi.
Vetnam - O'zbekiston 0:3
Gollar: Vohid SHodiev, 42 - 0:1. Igor Sergeev, 47 - 0:2. Sardor Rashidov, 89 - 0:3.
Hakamlar: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya), Kvang Yeol (Janubiy Koreya), Ji Seung Min (Janubiy Koreya), YU Ming Sun (Xitoy)
Vetnam: 1.Bun Tan Truong, 2.Au Van Xoan, 4.Nguen Van Bien, 6.CHau Li Pxuok Vin, 10.Xoang, 12.Xuyin Kuok An, 13.Nguen Kuang Xai (21.Mai Tien Tan, 76), 14.Tai, 15.Bin, 18.Nxien (16.Nguen Xuan Tan, 52), 19.Luong.
O'zbekiston: 12.Eldorbek Suyunov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Odil Ahmedov, 13.Davron Xoshimov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 79), 19.Vitaliy Denisov, 7.Aziz Haydarov, 18.Fozil Musaev, 8.Server Jeparov (s), 17.Sanjar Tursunov (23.Sardor Rashidov, 46), 15.Vohid SHodiev (14.Jamshid Iskanderov, 70), 10.Igor Sergeev.
Ogohlantirishlar: Tai 29, Igor Sergeev 55,
CHetlatish: Tai 90+2.

Toshkent vaqti bilan soat 20:30da BAA – Gonkong o'rtasidagi o'yin boshlanadi.
OK-2015, SARALASH, E guruhidagi vaziyat
# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
T-N |
O |
1 |
BAA |
3 |
3 |
0 |
0 |
8-2 |
9 |
2 |
O'zbekiston |
4 |
2 |
1 |
1 |
7-3 |
7 |
3 |
Gonkong |
3 |
1 |
1 |
1 |
1-4 |
4 |
4 |
Vetnam |
4 |
0 |
0 |
4 |
2-9 |
0 |

Fikrlar