So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  6 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  2 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  15 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston - turnir favoriti" Yangiliklar

Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston - turnir favoriti"

Vetnam futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Diego Justocci O'zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'zbekiston turnir uchun ham taktik, ham jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Bunday tayyorgarlik evaziga ular guruh bosqichida 3 ta g'alabani qo'lga kiritdi. O'zbekiston qiyin guruhdan joy oldi. SHunga qaramay, birinchi o'rinni egalladi. Ularning murabbiyi juda kuchli mutaxassis. Raqib chempionlikka asosiy davogarlardan biri sanaladi. O'ylaymanki, Vetnam futzalchilari g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Biz ochiq o'yin namoyish etadigan raqiblarga qarshi yaxshi o'ynaymiz, ammo endi boshqa taktikada harakat qilishni boshlaymiz. Agar g'alaba qozonsangiz, davom etasiz, yutqazsangiz, uyga qaytishingiz kerak.



Vetnamlik futzalchilar o'tmishdagi yutuqlar haqida o'ylashlarini istamayman. Mening murabbiylik uslubim doimo kelajakka qaratilgan. Vetnamga kelganimda, o'z-o'zimga mazkur jamoaning hamisha g'alaba qozonishi va kelajakka yorqin nazar bilan qarashi uchun qattiq mehnat qil va muvaffaqiyat erish deb aytganman. Yana eslatib o'taman, o'tmish ortda qoldi va bu haqda o'ylamang.

Bizda 2024 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati bor. Xuddi o'tgan o'yinlarda bo'lgani kabi, bu yilgi turnirda ham shogirdlarim kuchli raqib bilan to'qnash kelganda yuqori koncentraciyani saqlab qolishlarini istayman. SHogirdlarim o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda, biroq ushbu bosqich hal qiluvchi ahamiyatga ega va xato qilishga haqqimiz yo'q.

Menda eng kuchli tarkib yig'ilgan va biz bo'lajak o'yinga tayyormiz", — dedi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Vetnam bahsi 24 aprel kuni 19:00 da start oladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика