So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

Vetnam bosh murabbiyi: "Bir jamoa bo'lib jang qildik" Yangiliklar

Vetnam bosh murabbiyi: "Bir jamoa bo'lib jang qildik"

Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi Iordaniya - Vetnam (1:1, penaltilar seriyasi 2:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Park Xang Seo qatnashdi.

"O'tgan o'yindan keyin futbolchilarimni keskin tanqid qilgandim. Bugun ular qo'llaridan keladigan kuchli futbolni namoyish etishni so'ragandim. G'alaba qozonganimizdan xursandman.

CHorak finalda kim bilan o'ynashni istardim? Yaponiya ham, Saudiya Arabistoni ham kuchli. Umuman bu bosqichda kuchsiz raqib bo'lmaydi. Ikkala jamoa ham FIFA reytingida juda yuqori o'rinlarda.

3-turdan so'ng tiklanish uchun kam vaqt bo'lgandi to'g'ri. Bugungi bahs og'ir o'tdi. Bir jamoa bo'lib jang qildik. SHogirdlarim bugun borini berib o'ynashdi.

Iordaniya o'yinini tahlil qilganimizda uzun paslar ko'p berishini bilgandik. Raqib safida ikki himoyachi qarshi hujumga ko'p o'tardi. SHu bois bugun bo'yi baland bo'lgan futbolchilarni maydonga tushurdik.

Bugungi bahs uchun taktikamizni o'zgartirmadik. Barcha futbolchilar o'z vazifasini 100 foizga bajarishdi.

Ko'pchilik meni qo'llab-quvvatlamoqda. Bu g'alaba faqat meniki emas, butun jamoaniki. Guruhdagi ikki mag'lubiyatdan so'ng Vetnam matbuoti keskin tanqid qilgandi. CHorak finalga chiqdik endi tanqid bo'lmasa kerak.

Pley-off bosqichi bo'lgani uchun albatta penaltilar seriyasiga tayyorlandik. Uchrashuvdan oldin jiddiy o'ylab ko'rib, penalti tepadigan futbolchilarni o'zgartirdim. Menimcha yomon bo'lmadi.

Oldingi bahsda omadsizman degan edim? Yo'q bunday deb aytmagandim. Iroqqa qarshi bahsdan keyin mening so'zlarimni noto'g'ri tarjima qilishgan ko'rinadi.

Ko'proq himoyaviy o'yin namoyish etamiz, bu to'g'ri. Himoyaviy o'yin bu biz ko'rsata oladigan eng yaxshi futbol", - deydi Park Xang Seo.


Matbuot anjumani yakunlangach bosh murabbiy darhol chiqib ketmay, har bir jurnalistga shaxsan minnatdorchilik bildirdi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика