"Vest Xem" xo'jayinlari klubni 400 million funtga sotishdan bosh tortishdi
22 iyu 2021 11:48
Yangiliklar
"Vest Xem" xo'jayinlari klubni 400 million funtga sotishdan bosh tortishdi
"Vest Xem" rahbarlari Devid Sallivan va Devid Gold klubni 400 mln funtga sotishmadi.
Buyuk Britaniya konsorciumi ularga fevral oyida murojaat qilgan.
Xo'jayinlar ehtimoliy yangi rahbarlar klubni hozirgi holatda ushlab tura olmasliklarini his qilganlari uchun taklifni rad etishdi. Ularga shuningdek mablag' dalillari taqdim etilmadi.
Qayd etish kerakki, "Vest Xem" rahbarlari birinchi marta klub sotilishini rad etishgani yo'q. "Bolg'a urarlar"ga o'tgan yili Amerika konsorciumi qiziqish bildirdi, ular 2016 yilda "Red Bull"ni ham rad etishdi.
Fikrlar