"Vest Xem" sardori Nolan jamoaning rojdestvo sharafiga ziyofat o'tkazishiga yo'l qo'ymadi
25 dek 2013 20:35
Yangiliklar


"Vest Xem" sardori Nolan jamoaning rojdestvo sharafiga ziyofat o'tkazishiga yo'l qo'ymadi
"Vest Xem" sardori Nolan rojdestvo sharafiga jamoa tashkil qilgan ziyofatning o'tkazishiga yo'l qo'ymadi va uni bekor qildi.
7 dekabr kuni "Liverpul"ga qarshi o'yinda Nolan qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi. Aynan o'sha o'yindan keyin jamoa Dublin shahriga yo'l olib, u erda Rojdestvoni nishonlamoqchi edilar. O'tgan yili ham jamoa bu bayramni Dublinda nishonlagan.
Biroq, jamoaning 31 yoshli sardori, sheriklariga qo'shimcha mashg'ulotlarda qatnashishlari lozim ekanini tayinlab, ushbu safarni va bayram ziyofatini bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, Nolanning o'zi diskvalifikaciya sabab keyingi uch o'yinni o'tkazib yuborishi malum qinigan edi.

Fikrlar