"Vest Xem" Milenkovich uchun "Fiorentina"ga 18 mln evro to'lashga tayyor
07 avg 2021 16:58
Yangiliklar
"Vest Xem" Milenkovich uchun "Fiorentina"ga 18 mln evro to'lashga tayyor
"Vest Xem" "Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovichga qiziqish bildirmoqda.
Angliya klubi 23 yoshli Serbiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 18 million evro to'lashga tayyor.
Klub o'yinchiga bonuslarsiz 2,5 million evro maosh va 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Nikolaning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Milenkovich o'tgan mavsum barcha klub miqyosidagi musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar