Vest Xem Aleks Songni yana ijaraga oldi
01 sen 2015 15:10
Yangiliklar


Vest Xem Aleks Songni yana ijaraga oldi
Barselona yarim himoyachisi Aleks Song ijara asosida Vest Xemga o'tdi.
O'tgan mavsumda ham Song aynan shu klubda ijarada o'ynagandi. U 28ta o'yinda 3ta golli pas oshirgan.
Bu erga qaytganimdan mamnunman. O'tgan mavsum muxlislar va rahbariyat bilan ajoyib aloqalarni o'rnatdim. Oilamga ham bu erda barchasi yoqadi. Bolalarim Vest Xem akademiyasida o'qishmoqda.
Biz o'tgan mavsumdagidan ko'ra yaxshiroq natijani qayd etishimiz kerak, - deydi Song.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar