So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Vesko Steshevich: "Zabihillo O'rinboev uzoq masofadan yaxshi zarba bersa, beraversin" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Zabihillo O'rinboev uzoq masofadan yaxshi zarba bersa, beraversin"

Teglar :  Vesko Steshevich
"Olimpik" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 13-tur uchrashuvidan (1:2) so'ng mehmon jamoa ustozi Vesko Steshevich jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O'yin haqidagi fiklaringiz?

- Birinchi bo'limda teng o'yin bo'ldi. Biz himoyadan pas orqali chiqishda ko'p hato qilamiz. Jasur Jaloliddinov juda chiroyli gol urdi. Birinchi taymda vaziyatlarimiz bor edi, lekin ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda esa ko'proq hujumga o'ta boshladik. To'g'risini aytsam, bugun yutqazmaymiz degan fikr bor edi. Kasmininning gol urgan holati borasida shubham bor. Hakamlar qarorini muhokama qilmayman. Ular tekshirib ko'rishdi va qaror chiqarishdi. Keyin yana gol urdik va g'alaba qozondik. Yigitlar ushbu g'alabaga loyiq edi.

- Qizil kartochkadan so'ng futbolchilaringiz o'yinida o'zgarish qildingizmi yoki futbolchilar o'zlari ishtiyoq bilan o'ynagani sabab g'alabani ilib ketishdimi?

- Qizil kartochka tanaffusdan keyin bo'ldi, shu sabab men ko'p maslahat bera olmadim. Temirov o'yin davomida bir oz poziciyasini o'zgartirdi. O'rinboev bugun bizga g'alaba keltirdi. Futbolchilar har doim o'z hohishi bilan o'yin masalasini hal qiladi.

- O'rinboevning faoliyatiga nazar tashlasak, Zabihillo har mavsumda uchtadan ko'p gol urmagan, lekin joriy mavsumda 12 yoki 13 o'yinidayoq o'z nomiga uchta gol rasmiylashtirib bo'ldi va ko'p gollarini uzoq masofadan urdi. O'rinboevga ko'proq uzoqdan zarba berishni siz takidlaganmisiz?

- Uzoq masofadan yaxshi zarba bersa, beraversin. Men unga ko'proq uzoqdan tepishini aytgan edim(kuladi).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика