So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Vesko Steshevich: "Birinchi goldan so'ng raqibda ham bir nechta imkoniyatlar bo'ldi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Birinchi goldan so'ng raqibda ham bir nechta imkoniyatlar bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 20-turi doirasida "Metallurg" – "Andijon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Vesko Steshevich quyidagicha fikr bildirdi.

"Nima deyishim mumkin? Dastlab jamoamdagi o'yinchilarni g'alaba bilan tabriklayman. Juda kerakli bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozonganimiz meni xursand qildi. Bundan keyin ham yaxshi harakat qilib, turnir jadvalida yanada yuqoriga ko'tarilishga intilamiz. 

Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. O'ylaymanki, birinchi bo'limdagi 1:0 hisobi adolatli bo'ldi, deb hisoblayman. Ikkinchi taymda ham o'yinni o'z nazoratimizga oldik va ikkinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi goldan so'ng raqibda ham bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. SHunga qaramay, vaziyatni ushlab qoldik va ikkinchi golni ham urdik. 

Imkoniyat darajasida harakat qilib, hisobni ushlab qoldik. Bir necha kun avval biz derbida maydonga tushgandik. O'shanda ko'p energiya sarflagandik. SHunga qaramay, bugungi o'yinda ikkinchi bo'limda ham vaziyatni qo'ldan chiqarmasdan, yaxshi harakat qildik. Muhimi, 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bu bizga juda kerakli g'alaba edi", - dedi Steshevich.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика