Vertongen: "Lamelaning goli, ko'rganlarim orasida eng zo'ri"
24 okt 2014 16:44
Yangiliklar


Vertongen: "Lamelaning goli, ko'rganlarim orasida eng zo'ri"
"Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen "Asteras"ga qarshi Evropa ligasi 3-tur uchrashuvidagi Erik Lamelaning goli haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Erikning goli men jonli yoki televizorda ko'rganlarimning eng zo'ri. Bu shubhasiz. Bunday gol urish mumkinligiga ishonish qiyin. Bu vaziyatni yana tomosha qilishda davom etaman. U o'tgan yili qiyin mavsumni o'tkazdi, jarohat tufayli ko'p o'ynamadi. Bu gol futbolchiga ishonch bag'ishlaydi va u shunday ruhda davom etadi. U yosh va futbolchini yorqin kelajak kutib turibdi" - deydi Vertongen.

Fikrlar