Verratti Pogba bilan bir jamoada o'ynash istagida

3 apr 2015, 22:31
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti kelajakda Pol Pogba bilan bir jamoada o'ynashni istashini ta'kidlab o'tdi.
Pogba - fenomen. O'ylashimcha, agarda "Manchester Yunayted"da unga imkoniyat berishganida "Yuventus"da ko'rsatayotgan o'yinlarini namoyish etardi. Bu futbolchiga bemalol ishonsa bo'ladi. Turinda Pol Pogba jamoa tomonidan qo'llab-quvvatlandi va unga ishonishdi. Hozirda Pogba dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. U buni isbotlab kelmoqda. Kelajakda u bilan bir jamoada o'ynashni istardim. Kuchli futbolchilar bilan birga o'ynash doimo yoqimli. Pogba aynan kuchli futbolchi hisoblanadi.

Manba: soccer.ru