

Italiyalik futbolchi Lionel Messi, Luis Suares va Neymar kabi futbolchilar bilan bir jamoada o'ynashdan juda xursand bo'lardi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Verratti ayni damda voqealar rivojini kutmoqda. Oldinroq u PSJ sport direktori Antero Enrikega jamoani tark etish niyati haqida aytgan edi. Bundan tashqari, Italiya OAVning ma'lum qilishicha, "Barselona" futbolchi uchun 100 mln. evro taklif qilgan, ammo bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmasligi aniqlandi.


