So’nggi yangiliklar

00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  3 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  12 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  4 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1 17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  2

"Verona" - "Jenoa". SHomurodovning debyuti qiyin o'yin bilan boshlanadi Yangiliklar

"Verona" - "Jenoa". SHomurodovning debyuti qiyin o'yin bilan boshlanadi

Oktyabr oyidagi FIFA kunlari o'z yakuniga etdi.

O'yinchilar terma jamoalardan o'z klublari safiga kelib qo'shilishdi, tez orada evrokubok bahslari o'tkaziladi. Undan oldin esa, milliy chempionatlar tur bahslari bo'lib o'tmoqda. 

Italiya A Seriya bahslari qizg'in pallaga kirmoqda. 4-turni yakunlab beruvchi "Verona" va "Jenoa" jamoalari o'rtasidagi bahs bugun 19 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45da Veronadagi "Mark-Antonio Bentegodi" stadionida bo'lib o'tadi.

Veronaliklar o'tgan mavsum "Atalanta" va "Inter" kabi klublardan ochko olishga erishishdi. Bu mavsumda esa "Verona" uch turdan so'ng 6 ochko ishlashga erishgan. Aytib o'tish kerakki, 1-turda jamoa "Roma" bilan bahsda texnik g'alabaga erishdi. O'yinda nursiz durang qayd etilgan edi.  Ammo "Roma" tarkibida ro'yxatga kiritilmagan o'yinchi maydonga tushganligi sababli "Verona"ga texnik g'alaba yozilgandi. 

Keyingi baxsda "Udineze" minimal hisobda mag'lub qilingan bo'lsa, 3-turda "Verona" "Parma"ga imkoniyatni boy berdi. 

"Jenoa"  birinchi turda debyutant "Krotone"ni 4:1 hisobida mag'lub qilgandi. Ikkinchi turda esa "Napoli"ga yirik hisobda yutqazdi. Neapolliklar "Jenoa" darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritishdi. 

Uchinchi turda "grifonlar" "Torino" bilan bahs olib borishlari kerak edi. Ammo klubning 22 futbolchisida koronavirus aniqlandi va uchrashuv nomalum muddatga qoldirildi. 

Uch haftalik tanaffusdan so'ng klubning aksariyat futbolchilari safga qaytishdi. O'yin amaliyoti kam bo'lganligi sababli "Verona" ga qarshi o'yin og'ir kechishini kutish mumkin. Eldor SHomurodov  debyut qilishga tayyor, ammo unga oson bo'lmasligi aniq. 

"Jenoa" tarkibida koronavirus sababli futbolchilar bilan muammolar bor. SHu sababdan yuqorida aytilgandek,  jamoa uch hafta o'yin amaliyotisiz qoldi. Jenoa" tarkibida esa SHomurodov 90 daqiqa o'ynashga tayyor, qolgan futbolchilar esa yaqindagina karantindan chiqishgan. "Verona" esa  o'z maydonida hech kimga erkin o'ynash imkonini bermayapti. Xatto, o'tgan mavsum "Verona" o'z maydonida "Yuventus"ni mag'lub etgandi.


Championat.com saytidan Jalolxon Inog'omxo'jaev tarjimasi

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика