Veron: "Agar "Yuventus" "Barselona"dan Maskeranoni xarid qilsa, bu top-transfer bo'ladi"
28 may 2016 17:43
Yangiliklar
Veron: "Agar "Yuventus" "Barselona"dan Maskeranoni xarid qilsa, bu top-transfer bo'ladi"
"Manchester Yunayted" va "Inter" sobiq futbolchisi Xuan Sebastyan Veron "Barselona" yarim himoyachisi Xaver Maskeranoning "Yuventus"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Yuventus"da Maseranoning ishlari yurishib ketadi. Agar u haqiqatdan ham "Yuventus"ga o'tsa, bu top-transfer bo'ladi. Xaver - "Yuventus"ga bebaho tajriba bera oladigan muhim futbolchi. A Seriyadagi og'ir moliyaviy holat tufayli haqiqiy top-klub barpo etish juda qiyin. Bu buyuk chempionat aurasi hali ham mavjud, ammo oldinga qadam tashlash uchun A Seriyaga mashhur nomlar kerak" - deydi Veron.
Fikrlar