Verner 12 o'yinlik golsiz seriyasiga barham berdi
10 jan 2021 20:45
Yangiliklar


Verner 12 o'yinlik golsiz seriyasiga barham berdi
Angliya Kubogi 1/32 bosqichi doirasida “CHelsi” o'z maydonida quyi division vakili “Morkem”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Timo Verner o'z hisobiga gol yozdirishga erishdi. SHu tariqa, germaniyalik forvardning 827 daqiqa (12 o'yin) davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi. U so'nggi bor APLdan o'rin olgan “SHeffild Yunayted”ga qarshi 2020 yil noyabrida bo'lib o'tgan bahsda (4:1) raqib darvozasini ishg'ol etgandi.
Verner joriy mavsum “aristokratlar” libosida 25 o'yinini o'tkazdi va 9-to'pini kiritdi.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar