So’nggi yangiliklar

14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  13 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  9 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7

Veratti muxlislardan uzr so'radi Yangiliklar

Veratti muxlislardan uzr so'radi

Teglar :  Marko VerattiPSJ
“PSJ” klubi rasmiy saytida Marko Verattining muxlislarga videomurojaati joylashtirildi.

Unda futbolchi agentining gaplari uchun muxlislardan uzr so'ragan. Yaqinda futbolchining agenti Donato Di Kampli mijozi haqida gapira turib, “CHempionlar ligasida g'olib chiqmoqchi bo'lgan futbolchilar “PSJ”ga kelishmaydi” degan gaplarni aytgandi.

“Bugun ertalab men agentimning bayonotini ko'rdim va aytishim mumkinki, bu mening qarashlarim emas. Men bilaman va tushunaman: u men bilan ishlamoqda, shu sababli klubning barcha xodimlaridan va albatta muxlislardan uzr so'ramoqchiman.

Parijda meni hamma narsa qanoatlantirmoqda. Biz mashg'ulotlarni boshlashdik va men jamoadoshlarim bilan yana ko'rishganimdan xursandman. Men haqiqatan ham yana bir bor uzr so'ramoqchiman.

Ko'p gapirishning hojati yo'q: “PSJ”ni hurmat qilman. Agentimning fikrlari mening fikrim emas. Umid qilamanki, bu holat boshqa takrorlanmaydi.

“PSJ” uchun men bor kuchim bilan harakat qilganman. Bundan buyon ham jamoa uchcn 100 foiz imkoniyatlarimni safarbar etaman”, deydi Veratti.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика